Ahmad Arabnajniy (arabcha: أبو بكر أحمد الاربنجني — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijoʻ ibn Hanash Arabnajniy) — roviy, faqih va qozi.
Ahmad Arabnajniy IX asr oxirida Samarqandga qarashli Arabnajn qishlogʻida tugʻilgan. U ishonchli roviy va hanafilik mazhabining taniqli faqihi boʻlgan. Keyinchalik tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Arabnajnda qozilik qilgan. Ustozi Ahmad Arabnajniy asosiy taʼlimni padari buzrukvori Muhammad ibn Muso ibn Rijoʻ ibn Hanashdan olgan va undan hadislar rivoyat qilgan. Shogirdlari Ahmad Arabnajniydan Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad va Abulabbos Idris Arabnajniy kabi allomalar hadis rivoyat qilgan. Vafoti Manbalarda Ahmad Arabnajniyning vafot etgan yili borasida turlicha qarashlar mavjud. Manbalarning baʼzisida 369/979 yil rabiʼu-s-soniy (oktabr) oyida vafot etgan deyilsa,Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 21.Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 4. — Bayrut, 1979. 302. baʼzisida 315/927 yil debAbulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 35. Doru-l-hidoya. 74. keltirilgan. Manbalar
Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Turkum:Roviylar Turkum:Samarqandlik allomalar Turkum:Islom:Shaxslar