Changalzorlar afsonasi (The Jungle Book) 19chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1967-yilda ekranlarga chiqarilgan. Rudyard Kiplingning 1894-yilda yozilgan Jungli kitobi nomli hikoyalar toʻplamiga asoslangan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va Buena Vista Distribution tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Wolfgang Reitherman, produseri — Walt Disney, hikoyachilar esa Larry Clemmons, Ralph Wright, Ken Anderson va Vance Gerrydir. Filmda bosh qahramonlarga Phil Harris, Sebastian Cabot, George Sanders, Sterling Holloway, John Abbott, Louis Prima va Bruce Reitherman ovoz bergan.
Filmning davomi Changalzorlar afsonasi: 2-kitob 2003-yilda chiqarilgan.
Syujeti
Hindiston oʻrmonlarida Bagheera ismli qora pantera Mawgli ismli yosh yetim bolani savat ichida topib oladi va uni darhol koʻp bolali ona boʻri Rakshaga olib boradi. Raksha va uning turmush oʻrtogʻi Rama Mowglini oʻz bolalari bilan birga tarbiyalaydi. Oʻn yildan soʻng Mowgli oʻrmon hayoti bilan yaxshi tanishib olib, boʻri aka-ukalari bilan oʻynab yuradi. Bagheera Mowglining hozir qanchalik baxtli ekanligidan mamnun boʻlsa-da, bir kun kelib odamlar yoniga qaytishi kerakligini oʻylab xavotirlanadi.
Ovoz berganlar Bruce Reitherman — Mowgli Phil Harris — Baloo Sebastian Cabot — Bagheera Louis Prima — qirol Louie George Sanders — Shere Khan Sterling Holloway — Kaa J. Pat OʻMalley — polkovnik Hathi Verna Felton — Winifred Clint Howard — Junior Chad Stuart — Flaps Lord Tim Hudson — Dizzy John Abbott — Akela Ben Wright — Rama Darleen Carr — odam qiz Leo De Lyon — Flunkey Hal Smith — fil Ralph Wright — fil Digby Wolfe — Ziggy Bill Skiles va Pete Henderson — maymunlar
Yana qarang Eng kassabop filmlar roʻyxati Eng kassabop animatsion filmlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Walt Disney Pictures animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Animation Studios filmlari Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:1967-yil filmlari Turkum:1967-yil multfilmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh musiqiy filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:Jungli kitobi hikoyalar toʻplamiga asoslangan filmlar Turkum:Fillar haqidagi animatsion filmlar Turkum:Wolfgang Reitherman filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar