Mursal hadis (arabcha: المرسل) — Mursal soʻzi lugʻatda "qoʻyib yuborilgan" degan maʼnoni anglatadi. (الحديث المرسل — Mursal hadis) — sanadidan sahoba tushib qolgan hadisdirDoktor Mahmud Tohhon. "Taysiru mustalah al-hadis", 87-bet.. Mursal hadis aslida zaif qismlar turkumiga kiradi. Chunki unda maqbul hadisning shartlaridan biri boʻlgan muttasil sanad boʻlmaydi. Masalan, Tobein: "Rasululloh bunday dedilar", yo "bunday qildilar", yo "Rasulullohning huzurlarida bunday ish qilindi", deydi, vaholanki, oʻzi Rasulullohni koʻrmagan, Rasulullohni koʻrib shularni unga gapirib bergan kishining esa ismini aytmay tashlab ketgan. Ana shunday hadis muhaddislar istilohida mursal, yaʼni isnodining oxiri qoʻyib yuborilgan, deyiladiJaloliddin Hamraqulov. Hadis ilmi istilohlari. -T.: "Movarounnahr". 2014. -B.102.. Manbalar
Turkum:Hadislar