(Faxruddin Abu Bakr) Muhammad ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Arsobandiy, al-Hanafiy (hijriy 512-yil rabiulavval oyi (milodiy 1118-yil)da vafot etgan va „Hasin“ qabristoniga dafn etilgan) — mazkur qishloqdan, faqih, usul al-fiqh sohasida yetuk olim va qozilardan bo‘lgan. Marvda Abu Hanifa tarafdorlarining peshvoligi u bilan birgalikda nihoyasiga yetgan. Oliyhimmat, saxiy, xushxulq va kamtarin inson bo‘lgan.

Asarlari „al-Usul fi-l-fiqh“ („Fiqh ilmining asoslari“); „Amoliy“ („Imlo qilingan hadislar“); „Sharhu-l-jomiʼi-lkabiyr“ ("Shayboniyning fiqh ilmi ning sohalari haqidagi „al-Jomiʼ al-kabiyr“ asariga sharh"); „Muxtasaru taqvimi-l-adilla“ (Abu Zayd Dabbusiy qalamiga mansub „Taqvimu-adilla“ asarining qisqartirilgan shakli").

Manbalar