FIFAning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ – FIFA tomonidan 20-asrning eng buyuk futbolchisini eʼtirof etish uchun bir martalik beriladigan mukofot boʻlib, uning gʻolibi 2000-yil 11-dekabrda Rimda boʻlib oʻtgan FIFAning yillik tantanali marosimida eʼlon qilingan. Diego Maradona va Pele ushbu mukofotning qoʻshma gʻoliblari boʻlishganFIFA Player of the Century .
Tarix 1955-yildan beri FIFAda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofotlar bor va ular FIFAning asrning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ommaviy ovoz berish orqali asrning eng yaxshi futbolchisini topishga qaror qilishgan. Bu ularning rasmiy veb-saytida, rasmiy jurnalida va katta hakamlar hay’atida ovoz berish orqali hal qilinishi kerak edi. Internetda oʻtkazilgan soʻrovda Maradona katta farq 53.6 foiz bilan gʻalaba qozongan va Pele 18,53 foiz, ovoz toʻplagan. Pele davrida professional futbol oʻynagan Eusébio soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, koʻpchilik kuzatuvchilar soʻrovning internetdagi holati, Peleni emas, balki Maradonaning oʻyinini koʻrgan yosh muxlislarning ovoz berganidan shikoyat qilishdi. Natijada FIFA ikkinchi soʻrovnomani qoʻshishga qaror qilgan va futbol jurnalistlari, rasmiylar va murabbiylardan iborat „Futbol oilasi“ qoʻmitasini tayinlagan. Bu qoʻmita Peleni 72,75% ovoz bilan asrning eng yaxshi futbolchisi deb tanladilar, shuning uchun ikkalasi ham birgalikda gʻolib deb topilgan.
FIFA internet ovoz berish natijasi FIFA onlayn soʻrovi natijalari quyidagicha boʻlgan: №FutbolchiMamlakatFoiz1Diego Maradona53.60%2Pelé18.53%3Eusébio6.21%4Roberto Baggio5.42%5Romário1.69%6Marco van Basten1.57%7Ronaldo1.55%8Franz Beckenbauer1.50%9Zinedine Zidane1.34%10Rivaldo1.19%11Zico1.15%12Garrincha1.08%13Johan Cruyff0.87%14Alfredo Di Stéfano0.68%15Michel Platini0.58%16Bobby Charlton0.39%17Ferenc Puskás0.37%18Lothar Matthäus0.37%19Lev Yashin0.36%20George Best0.32%
FIFA jurnali va hakamlar hay’atining ovozi Mukofotning ushbu qismi FIFA jurnali oʻquvchilari va FIFA Katta hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan: №FutbolchiMillatFoiz1Pelé72.75%2Alfredo Di Stéfano9.75%3Diego Maradona6.0%4Franz Beckenbauer2.5%5Johan Cruyff2.0%George Best2.0%7Roberto Baggio1.0%Garrincha1.0%Zico1.0%Michel Platini1.0%Gerd Müller1.0%
Manbalar
Havolalar „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. FIFA.com. FIFA. 7 December 2000. Archived from the original on 6 December 2017. Retrieved 11 May 2017 „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. CBC News. Archived from the original on 3 April 2019. Retrieved 13 March 2012. FIFA Player of the Century Archived 2012-04-26 at the Wayback Machine „Maradonaʼs genius cannot eclipse English master“. telegraph.co.uk. The Daily Telegraph. 12 December 2000. Retrieved 11 May 2017 „Pele, Maradona each win FIFA century awards after feud“. CNN. Archived from the original on 10 June 2014. Retrieved 1 April 2009. „FIFA Player of the Century“ (PDF).Archived from the original (PDF) on 26 April 2012. Retrieved 30 November 2010
Turkum:FIFA sovrinlari va mukofotlari Turkum:Yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlari Turkum:Pele Turkum:Diego Maradona