Qatardagi Karnegi Mellon UniversitetiFront entrance at sunsetQisqa nomiCMU-Q (Carnegie Mellon University in Qatar)Shior"Mening yuragim ish bilan uradi!" (Endryu Karnegi)TurXususiy, Filial kampusAsos solingan2004; 19 yil oldin (2004)PrezidentFarnam JahanianRektorJeyms GarrettDekanMichael TrickIlmiy xodimlar64Administratsiya xodimlari90Bakalavriat400ManziliDoha, Qatar25°18′59″N 51°26′20″E / 25.31639°N 51.43889°E / 25.31639; 51.43889Coordinates: 25°18′59″N 51°26′20″E / 25.31639°N 51.43889°E / 25.31639; 51.43889Timsoli (maskot)Shotland teryeri (Scotty)Vebsaytiwww.qatar.cmu.edu Qatardagi Karnegi Mellon universiteti (inglizcha: Carnegie Mellon University in Qatar) Karnegi Mellon universitetining Qatarning Doha shahrida joylashgan ilmiy daraja beruvchi filiallaridan biridir. Bu Karnegi Mellonning birinchi bakalavriat filiali boʻlib, Qatar fondi aʼzosi hisoblanadi. Ushbu kampus ilk bitiruvchilari 2008-yil mayda yetishib chiqqan.
Hozirda Karnegi Mellon Qatar universitetida 400 ga yaqin talaba, 60 nafar fakultet va postdoktorial tadqiqotchilar, shuningdek, 90 nafar xodim mavjud.
Tarix Karnegi Mellon universitetining Qatardagi kampusi 2004-yilda tashkil etilgan. Bu Qatarda filiali tashkil etilgan AQShning to'rtinchi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bu kabi filial kampuslarining tashkil etilishiga Qatarning amaldagi amiri Tamim bin Hamad al-Taniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir boshchilik qilgan.
Akademik Karnegi Mellon Qatar Doha chekkasida joylashgan Ta'lim Shaharchasining (Education City) bir qismi boʻlib, hozirda bu shaharchada Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropadan sakkizta boshqa universitet kampuslari joylashgan. Ta'lim Shaharchasining boshqa institutlari orasida Jorjtaun universitetining xorijiy xizmatlar maktabi, Vayl Kornel tibbiyot kolleji, Virjiniya Hamdoʻstlik universiteti, Texas A&M, Shimoli-gʻarbiy universitet, HEC Parij va London Universiteti Kolleji mavjud.
Karnegi Mellon Qatar tomonidan beriladigan ilmiy darajalar va ta'lim dasturi Pitsburg kampusidagi bilan bir xil hisoblanadi va tan olinadi. Bakalavr darajasi kompyuter fanlari, biznes boshqaruvi, axborot tizimlari va biologiya ilmlari (ushbu daraja Qatardagi Vayl Kornel tibbiyot kolleji bilan birgalikda taqdim etiladi) yo'nalishlari bo'yicha taqdim qilinadi.
Moliyalashtirish Kampus jihozlari va ularni ta'mirlash butunlay Qatar fondi tomonidan qoplanadi. Ushbu fond Karnegi Mellonga har yili kampusni boshqarish va o'qituvchilarga maoshi uchun ham pul ajratib keladi. Taxminlarga ko‘ra, Karnegi Mellon kampusni boshqarish uchun Qatardan yiliga $50-60 million olgan. Xususan, 2015-yilda universitetdagi o'qish xarajatlari (kontrakt va qo'shimcha xarajatlar) $49,610 ni tashkil etgan.
Fakultet 2015-yil dekabr holatiga ko‘ra, kampusda 62 nafar o'qituvchilar (professorlari) mavjud bo'lgan. Universitetning Qatar kampusi dekani Ilker Baybars Washington Post gazetasida chop etgan maqolasida professorlarni ishga olishni “o‘z ishining eng qiyin qismi” deb atagan va buni professorlarni Amerikadan Dohaga kelishga ko‘ndirish qiyin ekanligi bilan izohlagan. Professorlarni Doha kampusida dars berishga ko'ndirish uchun universitet ish haqi mukofotlari, yaxshi sharoitli uy-joy va tadqiqotni moliyalashtirish kabi imtiyozlarni taqdim etgan.
Binolar Karnegi Mellon Qatar Legorreta + Legorreta arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan binoda joylashgan. Universitet 2008-yil avgust oyida ishlay boshlagan. Barcha akademik dasturlari, talabalar ishlari, operatsiyalar va tadbirlar binoda o'tkaziladi.
Manbalar
Havolalar
veb-sayt Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Qatar Turkum:Universitet Turkum:AQSh oliygohi Turkum:Qatar fondi Turkum:Universitetlar