William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birga hozir jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilganManes, Stephen (1994). Gates: How Microsoftʼs Mogul Reinvented an Industry and Made Himself The Richest Man in America. Touchstone Pictures. .. Shu bilan birga Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan .

Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozir u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.

Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi .

Manbalar

Havolalar

Microsoft.comda Bill Gates profili Forbes:Dunyoning eng boy kishilari Bill va Melinda Gates Jamgʻarmasi Bill Gates shaxsiy sayti

Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik filantroplar Turkum:AQSh tadbirkorlari Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik dasturchilar