Sergeli tumanidagi Asrobod mahallasi bilan adashtirib yuborilmasin.
Astrobod mahallasi (Yunusobod, 7-daha) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Tiklanish, Islomobod, Sobirobod, Nurmakon, Billur, Turkiston mahallalari bilan chegaradosh. 1975-yildan boshlab shu nomni olgan. Aholisi 5 305 kishidan iborat boʻlib, 13 millat vakillari istiqomat qiladi (2008). Mahalla hududida kutubxona, Toshkent sharqshunoslik insituti qoshidagi 325-sonli litsey, 2 ta bolalar bogʻchasi, 86-sonli oʻrta maktab, 26-sonli musiqa maktabi, 52-sonli oilaviy poliknika, 2-sonli bolalar stomatologiyasi, sartaroshxona, poyabzal tuzatish ustaxonasi mavjud. Mahallaning diniy-maʼrifiy va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi Mahmuda Abdurahmonova mahalladagi faol ishlari uchun Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan (2008).
Maydoni 39,4 gektar. Manbalar
Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar