Dereli — Giresun viloyatiga qarashli tuman. Giresun viloyatining janubida, Şebinkarahisar yoʻlining 32 km naridagi Aksu vodiysida joylashgan. Dereli 1926-yilda shaharcha, 1958-yilning 1-aprelidan boshlab tumanga aylantirilgan. Undan avval bu yerlarda Turk va Rum doʻkonchilari yashagan Dölçukuru nomli qishloq mavjud boʻlgan. Tarixi Başbakanlık Devlet Arşivi (Bosh vazirlik davlat arxivi)ga koʻra, 1500-yillarda Dölçukuru qishlogʻi Yar Alibey ismli turkman beyiga tegishli boʻlgani, undan har yili 400 xos oqcha soliq toʻlaganligi yozilgan. Dereli tarixi Giresun tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Giresun 1397-yili Turkman beyi Bayram Şahning nevarasi Emir Oğlu Süleyman bey tomonidan egallangan. Bu voqeadan soʻng Giresun va uning atrofiga koʻplab oʻgʻuz turkman qabilalari koʻchib kela boshlagan. Manbalarda Giresun va uning atrofi Kuşlu Han va Zırhlı Han ismli shaxslarga qarashli boʻlganligi qayd etilgan. Dereli ikki qoʻl (Kuşluhan ve Zırhlıhan)dan kelganligi aytiladi. Oʻrta Osiyo va Xurosondan kirib kelgan oʻgʻuz turkmanlari Kelkit vodiysi boʻylab Şebinkarahisar va Dereli janubiga oʻrnasha boshlagan. Boshqa qoʻli esa Harşit Vodiysiga kirib kelgan va oʻrnashgan boʻlib, boshqa bir qismi bugungi kundagi tuman atrofini oʻzlashtirgan. Istanbul salibchilar qoʻliga oʻtgach, Sinop atrofida yashagan Çepni nomli oʻgʻuz qabilasi sharqqa tomon siljib, Giresun va Dereli atrofiga koʻchib oʻtgan.

Dereli atrofiga koʻchib kelgan turkmanlar asosan Saljuqiylar davrida oʻrnashgan. 1398-yil Boyazid Yildirim bu hududlarni bosib olish uchun amalga oshirgan safari mobaynida Canik beyligining markazi Samsunni qoʻlga kiritgan. Bu voqeadan soʻng Dereli va uning atrofi Usmoniylar davlatiga qoʻshib olingan. Anqara jangidan soʻng Amir Temur bu hududlarni turkman beyi Hacı Emiroğlu Süleymanga topshirgan. U davrlarda Dereli hududida Oq qoʻyunli hukmdorlari tomonidan baʼzi shaxslarga vaqf qilib berilgan tuproqlar boʻlgan. Dereli va uning atrofi Saljuqiylardan soʻng bugungi kunga qadar asosan etnik turkiy xalqlar yashagan hudud sanaladi. Professor Faruk Sümerning „Oğuzlar/Türkmenler“ asarida 1515-yilga oid arxiv daftarlarida bu hudud, Giresun va Trabzon atrofining nomlanishi Vilayeti Çepni tarzida kechgani aytiladi. Asarda, shuningdek, joy nomlarining turkcha ekani, bu yerda yashovchi aholi asosan turkman boʻlib, Hoji Bektosh Alining muridlari boʻlganligi taʼkidlangan.

Dereli va uning atrofi Giresunga qarashli qishloq sifatida Tanzimot davriga qadar Trabzonga qarashli hudud boʻlgan. Solnomalarda Tanzimot davridan keyin Karahisar'ı Şarki (Şebinkarahisar) Sanjogʻiga, keyin yana Trabzonga qarashli maʼmuriy hudud boʻlganligi aytiladi. Gruziya ruslar tomonidan egallanganidan soʻng musulmon gruzinlar koʻchishga majbur boʻlgan va 1892-yilda Dereli atrofidagi baʼzi qishloqlarga kelib oʻrnashgan. Turkiya respublikasi eʼlon qilingach, 1926-yildan boshlab Dereli Giresunga qarashli bir shaharchaga aylangan. 1958-yil 1-aprel kuni chiqarilan 7033-sonli qonunga koʻra tuman statusiga ega boʻlgan.

Joylashuvi Dereli Giresun viloyatining janubi, Şebinkarahisar yoʻlining 32-kilometrida yer olgan Aksu Vodiysining ustida joylashgan. Sharqda Keşap va Yağlıdere, gʻarbda esa Bulancak tumanlari bilan chegaradosh. Tuman „Yaylalar diyarı“ (Yaylovlari diyori) sifatida nomi bilan ham mashhur.

Giresunning boshqa tumanlari kabi ancha balandlikda joylashgan Dereli, Karagöl-Kırklar togʻlarining 3000 metrlik baland yerlarini oʻzida jamlagan. Giresun togʻlarining eng baland nuqtasi sifatida bilinadigan Olan Abdal Musa choʻqqisining balandligi 3331 metrdir. Ichki Anadoʻli oʻlkasiga kirish Eğribel dovoni orqali amalga oshiriladi. Tumanning hududiy maydoni 820 kv. km2.ni tashkil etadi. Tumanda oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1300 mm.ga qadar chiqadi. Iqtisodiyoti Tumanda hech qanday fabrika joylashmagan boʻlsa-da, yangi yirik gidroelektrostantsiya bunyod etilgan. Soʻngi yillarda qishloq yoʻllariga beton yotqizilgan.

Tumanda yongʻoq yetishtirish eng muhim xoʻjalik turlaridan biridir. Tumanning baʼzi hududlari oʻrmon qishlogʻi boʻlganidan, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan kooperativlar mavjud. Bundan tashqari, katta va kichik boshli hayvonlar boqiladi, shirin suv baliqchiligi bilan ham shugʻullanib kelinadi. Dereli tumanining tuprogʻi unumdor boʻlishiga qaramasdan, aholining muttasil koʻchib ketishi sababli qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shugʻillanilmaydi.

Aholisi Yili Aholi soni Shahar aholisi Shahar tashqarisi aholisi 1960 30.189 1.234 28.955 1965 34.269 2.003 32.266 1970 35.554 4.250 31.304 1975 35.773 4.188 31.585 1980 36.758 4.550 32.208 1985 37.248 4.858 32.390 1990 34.422 6.058 28.364 2000 27.860 8.124 19.736 2007 22.902 5.702 17.200 2008 22.124 5.652 16.472 2009 21.832 5.978 15.854 2010 21.319 6.043 15.276 2011 21.045 5.940 15.105 2012 20.875 5.871 15.004 2013 20.870 5.648 15.222 2014 20.615 6.847 13.768 2015 20.215 7.039 13.176 2016 22.840 9.859 12.981 2017 21.102 8.921 12.181 2018 20.405 5.549 14.856 2019 19.731 6.942 12.789 2020 19.369 6.036 13.333 Manbalar

Turkum:Turkiya tumanlari