Barkamol mahallasi (Qorasuv 1a-mavze) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. 52 ta koʻp qavatli uylardan iborat. Beshariq, Parvoz, Dilbogʻ, Iltifot, Nodira, Xosiyatli mahallalari bilan chegaradosh. 1991-yil tashkil etilgan. 2016-yilgacha Bobur mahallasi deb yuritilgan. Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Barkamol deb oʻzgartirilgan.

Aholisi 7 165 kishi boʻlib, 30 dan ortiq millat yashaydi (2009). Mahalla hududida tikuv sexi, etikdoʻzlik, teleustaxonalar, 2-maktab, 3 ta klubi bor.

Maydoni 17,7 gektar.

Manbalar

Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar