Salor mahallasi (Nukus koʻchasi, 4) — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi mahalla. Oybek, Movarounnahr, Yangi Mirobod mahallalari bilan chegaradosh.
Tarixi 1996-yil tashkil etilgan. Tuman hududidan oqib oʻtuvchi Salor kanalining tumanga kirish yoʻli ushbu mahalladan boshlanishi sababli shunday atalgan.
Aholisi Aholisi 4,5 mingdan ortiq, asosan, ruslar, shuningdek, 16 millat vakillari (oʻzbek, turkman, arman va boshqalar) yashaydi.
Binolar Mahallada 7 koʻcha, Temir yoʻlchilar madaniyat saroyi, Temir yoʻl loyihalash instituti, Temir yoʻl muzeyi, Transport prokuraturasi, Respublika teri-tanosil kasalliklari kasalxonasi bor. Toshkent shimoliy vokzali, Uchqun tikuvchilik sexi, Uspenskiy sobori, tuman soliq inspeksiyasi, tuman bandlikka koʻmaklashuvchi markazi, Oʻzbekiston milliy banki Akademiya boʻlimi, Sanoat qurilish banki tuman boʻlimi, Aviakassa, „Istiqlol“ supermarketi, 2 ta goʻzallik saloni, 1-stomatologiya poliklinikasi, harbiy doʻkon, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar joylashgan.
Manbalar
Turkum:Mirobod tumanidagi mahallalar