Sino bank ( , Bank-e Sina) — chakana, tijorat va investitsiya banki xizmatlarini taklif qiluvchi Eronning xususiy banklaridan biri. Bank 1985-yilda hukumat tomonidan bank tizimini xususiylashtirish doirasida tashkil etilgan.
Tehronda tashkil etilgan paytda, bank butun mamlakat boʻylab 1998 nafar xodimi va 253 filial mavjud edi.
Sino bank Tehron fond birjasida listingga qoʻyilgan va hozirda Eronning sakkiz xususiy bankining biri sanaladi. Bank Eronning 64-eng yirik shirkatidir. 2007-yilda Sino bankning oʻz mablagʻi 20x20px 10 milliard rialni tashkil qilgan.
Faoliyati Bank 1985-yilda Bonyad moliya va kredit kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. Kompaniya Eron moliya sektoridagi birinchi kredit muassasasi edi. 2007-yilda kompaniya xususiylashtirildi va 2009-yilda Tehron fond birjasida listingga kiritildi .
Hozirda bank butun respublika boʻylab faoliyat yuritmoqda, uning jami 253 ta filiali mavjud. 2010-yilda bank Yevropa Ittifoqining Eron bank muassasalariga qarshi eʼlon qilingan sanksiyalariga tushgan.
Bank mahalliy va xorijdagi mijozlar uchun qisqa va muddatli depozit hisobvaraqlarini hamda akkreditivlar, gʻaznachilik, valyuta ayirboshlash, korporativ kreditlar sindikatsiyasi, moliyaviy maslahat va elektron bank xizmatlarini taklif qiladi.
Yana qarang Eronning bank va sugʻurta tizimi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Eron banklari Turkum:Tehron fond birjasida listingga qoʻyilgan banklar Turkum:1985-yilda tashkil etilgan kompaniyalar