(nemischa: Albert Einstein; 14-mart 1879-yil — 18-aprel 1955-yil) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi, barcha zamonlarning eng buyuk va eng katta taʼsirga ega fizik olim. ning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, qiyinroq kitoblar berishgan.The 5 Most Ridiculous Lies You Were Taught In History Class 15 yoshida differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi.Alas, Einstein Was No Failure in Math Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.

U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Nisbiylik va kvant mexanikasi zamonaviy fizikaning ikkita ustunidir. Uning nisbiylik nazariyasidan kelib chiqqan E=mc2 Massa-energiya ekvivalenti formulasi „dunyodagi eng mashhur tenglama“ deb nomlangan.

Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Prinston universitetida ishlagan.

Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Buton spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933-yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. 1940-yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanishiga qarshi boʻlgan. Davriy jadvaldagi sintetik elementlardan biri „Eynshteynium: lot. Eynshteynium“ uning sharafiga nomlangan. ning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).

Hayoti va Kariyerasi

Yoshligi va taʼlimi Albert Eynshteyn 1879-yilning 14-martida Germaniya imperiyasining Württemberg qirolligidagi Ulm shahrida dunyoga kelgan. Otasi — Hermann Eynshteyn, sotuvchi va muhandis boʻlgan. Onasi — Pauline Koch. 1880-yilda oila München shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda Eynshteynning otasi va uning amakisi Jakob oʻzgarmas tokka asoslangan elektr qurilmalari ishlab chiqaruvchi „Elektrotechnische Fabrik J. Eynshteyn & Cie“ nomli shirkatga asos solishdi.

Albert besh yoshligida München shahridagi katolik boshlangʻich maktabida oʻqishni boshlab, u yerda uch yil taʼlim oldi. thumb|Albert Eynshteyn uch yoshligida (1882) Sakkiz yoshida Luitpold-Gymnasium (hozirgi Albert-Eynshteyn-Gymnasium) da oʻqiy boshladi. Bu yerda u yetti yildan soʻng Germaniya imperiyasini tark etkunga qadar, mukammal boshlangʻich va oʻrta taʼlimni oʻqiydi. 1894-yilda, Herman va Jakobning kompaniyasi Myunhenning elektr taʼminoti tenderida magʻlub boʻladi, bunga sabab qilib, ularning qurilmalari oʻzgarmas tok standartidan mahsuldorligi yuqoriroq oʻzgaruvchan tok standartiga oʻtishdagi yetishmovchilik koʻrsatiladi. Magʻlubiyat Myunhendagi fabrikani sotishga undaydi. Ish ilinjida Eynshteyn oilasi Italiyaga dastlab Milanga, bir necha oydan soʻng Paviyaga (Pavia) koʻchadi. Paviyada Eynshteynlar Ugo Foskolo, Kontardo Ferrini va Ada Negrilar (Ugo Foscolo, Contardo Ferrini and Ada Negri) bir necha bor yashagan Kornazzani Plazasiga (Palazzo Cornazzani) joylashishadi. Oila Paviyaga koʻchib koʻtgandan keyin, Albert 15 yoshgacha Luitpold Gimnaziyasida tahsilni yakunlash uchun qoladi. Uning otasi uni elektr muhandisi boʻlishga undashda davom etardi lekin Eynshteyn boshliqlar bilan janjallashar va maktabning qonunlari va oʻqitish metodikasidan norozi edi. U keyinchalik ­­oʻrganish ruhiyati va kreativ fikrlash qatʼiy eslab oʻrganish metodikasiga olib kelganini yozadi. 1894-yil dekabr oyining oxirida, shifokorlar qoʻlyozmalari orqali maktabni ishontirgan xolatda ketishga yoʻl qoʻyishlariga koʻndiradi va Italiyaga, Paviyadagi oilasiga qoʻshilish uchun yoʻl oladi. U Italiyadagi vaqtida „'Efirning Magnetik maydondagi holatlari tekshiruvi“ nomi ostida kichik ilmiy ish yozadi.

Albert matematikadan oʻz tengdoshlaridan bir necha yilga ilgarilagan xolda, matematika va fizikada kichik yoshidan katta bilimlarni egallaydi. U 12 yoshida bir yozning oʻzida Yevklid geometriyasini mustaqil ravishda oʻrganib chiqadi. Shuningdek u 12 yoshida Pifagor teoremasiga oʻzining mustaqil kashf etgan isbotini ham taqdim etadi. 12 yoshli Eynshteyn bilan ishlagan oilaviy oʻqituvchi Maks Talmud Eynshteynga geometriya kitobini bergandan qisqa vaqt oʻtib bunday degan edi: „Eynshteyn butun kitobni ishladi. U Oliy matematikada fidoyi boʻldi. Keyinchalik uning matematikada bilimlari shu qadar yuksak boʻldiki, unga yetolmay qoldim“. Uning geometriya va algebraga boʻlgan 12 yoshida tugʻilgan ishtiyoqi tabiatni „matematik struktura“da tushunishga undadi.  U 12 yoshida hisob ilmida oʻzini oʻzi oʻqtishni boshladi va oʻzining aytishi boʻyicha 14 yoshga yetganda Integral va Hosila hisob-kitobini mukammal egalladi. thumb|Yosh Albert Eynshteyn (1894) 13 yoshga yetganda uning falsafa va musiqaga boʻlgan qiziqishi jiddiylashdi va Kantning „Aniq sabablarning tanqidi“ maqolasi bilan tanishdi. Kant uning sevimli filosofiga aylandi va uning oʻqituvchisining taʼkidlashicha: „Oʻsha yoshda, u endigina 13 yoshda edi, oddiy odamlar uchun tushunarsiz boʻlgan Kantning ishlari u uchun aniq-ravshanligi bilinib turar edi“.

1895-yil, 16 yoshida, Eynshteyn Syurix dagi Shveysariya Federal Politexnika maktabiga kirish imtihonlarini topshiradi. U umumiy qismda imtihon talablariga javob bera olmadi ammo fizika va matematikada alohida ajralib chiqdi. Politexnik maktabdagi asosiy shaxs tavsiyasiga binoan Shvetsariya, Araudagi Argovian maxsus maktabida (gimnaziyasida) 1895-1896-yillarda oʻrta taʼlimni yakunlash maqsadida taʼlim oldi. U Jost Vintelerning oilasida vaqtinchalik turish mobaynida Vintelerning qizi Mariyaga koʻngil qoʻyadi. Keyinchalik Albertning opasi Maja yoxud Maya Vintelerning oʻgli Pauga turmushga chiqadi. 1896-yil yanvarda otasining roziligi bilan harbiy xizmatdan qochish maqsadida Germaniyaning Vurttemberg qirolligi fuqaroligidan voz kechadi. 1896-yil sentabrda Shveysariya milliy testidan asosan yaxshi baholar bilan oʻtadi, ayniqsa matematika va fizika fanlaridan birdan oltigacha baholash tizimida eng yuqori olti ballni qoʻlga kiritadi. 17 yoshida Federal politexnika maktabiga 4 yillik matematika va fizika kurslariga roʻyhatdan oʻtadi. Bir yosh katta Mariya Vinteler esa Shvetsariyaning Olsbergiga oʻqitish lavozimiga koʻchib oʻtadi.

Albertning kelajakdagi xotini, 20 yoshli Meva Marich ismli serb ham oʻsha yili politexnika maktabiga yozilgan edi. U matematika va fizika sohasida diplom ishi uchun oʻqiyotgan 6 kishi orasida yagona ayol edi. Ortda qolgan bir necha yil davomida Eynshteyn va Marichning oralaridagi doʻstlik romantika bilan boyidi va ular hisobsiz vaqtlarini birga kitob oʻqish, muhokama qilishga, ikkovlari ham qiziqqan fizika qoʻshimcha darslariga borishga sarfladilar. Eynshteyn oʻz xatlarida oʻzining taʼlim jarayonini Marich bilan bir qatorda koʻrishini yozadi. 1900-yilda Albert Federal oʻqitish diplomi bilan mukofotlandi. Koʻp yillar davomida guvohlarning dalillari va bir nechta maktublar mavjud boʻlib, Marich 1905-yilgi muhim maqolalaridan oldin, Annus Mirabilis maqolalari deb nomlanadi, Eynshteyn bilan hamkorlik qilgan boʻlishi mumkin va ular izlanishlari davomida baʼzi tushunchalarni birgalikda ishlab chiqdilar, ammo bu masalani oʻrgangan baʼzi fizika tarixchilari Marich bu loyihaga biron bir muhim hissa qoʻshgan degan fikrga qarshi.

Turmushi va bolalari Eynshteyn va Marich oʻrtasidagi dastlabki yozishmalar 1987-yilda topilgan va nashr etilgan, bu er-xotinning 1902-yil boshida Novi Sadda tugʻilgan „Lizerl“ ismli qizi borligini aniqladi, u yerda Marich ota-onasi bilan birga edi. Marich Shveysariyaga asl ismi va taqdiri nomaʼlim boʻlgan farzandisiz qaytdi. Eynshteynning 1903-yil sentabridagi maktubi mazmuni shuni koʻrsatadiki, qiz bola asrab olishga topshirilgan yoki goʻdakligida qizamiqdan vafot etgan. thumb|Albert Eynshteyn va uning rafiqasi Mileva Marich

Eynshteyn va Marich 1903-yil yanvar oyida turmush qurishdi. 1904-yil may oyida ularning oʻgʻli Hans Albert Eynshteyn Shveysariyaning Bern shahrida dunyoga kelgan . Ularning oʻgʻli Eduard 1910-yil iyul oyida Tyurixda tugʻildi. Er-xotin 1914-yil aprel oyida Berlinga koʻchib oʻtishdi, lekin Marich oʻgʻillari bilan Tyurixga qaytib kelishdi. Ular avval jiddiy romantik munosabatda boʻlishganiga qaramay, amakivachchasi Elza Lovenzal Eynshteynning diqqat-eʼtibori markazida boʻlib qoldi. Elza uning ona tomondan birinchi, ota tomondan ikkinchi amakivachchasi edi. Eynshteyn va Marich 1919-yil 14-fevralda besh yil alohida yashashlardan soʻng, ajrashishdi. Ajrashish boʻyicha kelishuvning bir qismi sifatida Eynshteyn Marichga kelajakda olishi mumkin boʻlgan har qanday Nobel mukofoti mablagʻini berishga kelishdi.

2015-yilda oshkor qilingan maktublarida Eynshteyn oʻzining ilk muhabbati Mari Vintelerga nikohi va unga nisbatan kuchli his-tuygʻulari haqida yozgan. U 1910-yilda xotini ikkinchi farzandiga homilador boʻlganida shunday deb yozgan edi: „Men har daqiqada siz haqingizda chin yurakdan muhabbat bilan oʻylayman va faqat erkak kishi boʻla oladigan baxtsizlikni xis qilaman“. U Mariga boʻlgan sevgisini yoʻllashda „adashgan sevgi“ va „oʻtkazib yuborilgan hayot“ haqida gapirdi.

Eynshteyn 1912-yildan buyon Elsa bilan munosabatda boʻlib, 1919-yilda u bilan turmush qurdi. Ular 1933-yilda Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtishdi. Elzaga 1935-yilda yurak va buyrak muammolari tashxisi qoʻyilgan va 1936-yil dekabrda vafot etgan.

1923-yilda Eynshteyn yaqin doʻsti Xans Muxsamning jiyani Betti Neyman ismli kotibani sevib qoladi. 2006-yilda Quddusdagi Ibroniy universiteti tomonidan chop etilgan maktublar jildida Eynshteyn oltita ayolni, jumladan Margaret Lebah(sariq sochli avstriyalik), Estella Katzenellenbogenni (gul bisnesining boy egasi), Toni Mendel (badavlat yahudiy bevasi) va Ethel Michanowski (Berlinlik sotsialist)lar sanab oʻtilgan. Uning taʼkidlashicha Eynshteyn Elza bilan turmush qurgan bir vaqtda bu ayollar bilan birgalikda vaqt oʻtkazgan va sovgʻalar qabul qilgan. Keyinchalik, ikkinchi xotini Elza vafotidan soʻng, Eynshteyn Margarita Konenkova bilan qisqa vaqt munosabatda boʻldi. Konenkova rus haykaltaroshi Sergey Konenkovga uylangan rus josusi edi (Sergey Konenkov Prinstondagi ilgʻor tadqiqotlar institutida Eynshteynning bronza byustini yaratgan).