thumb|Benz-Omnibus, 1896-yil thumb|Mercedes-Benz O345 Concto U avtobus, Toshkent, Oʻzbekiston, 2013-yil Avtobus 8 kishidan koʻp joyga ega va yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtomobildir. Avtobusda odatda yoʻlovchilardan tashqari haydovchi va chiptachi ham boʻladi (lekin ba’zi avtobuslarda chiptani komposterdan olish mumkin; serqatnov yoʻlda haydovchisiz harakatlana oladigan transport vositalari ustida ham ish ketmoqda).
thumb|15 metrli avtobus Solaris Urbino 15 thumb|Bo'g'imli avtobus MAN NG 313 Avtobus (avto (mobil) va – hamma uchun) – 9 va undan ortiq oʻrinli yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil. Vazifasiga koʻra, shahar Avtobuslari, shaharlararo Avtobuslar, shahar atrofi Avtobuslari va maxsus Avtobuslarga boʻlinadi. Shahar Avtobuslari aholi yashaydigan punktlarda, shaharlararo Avtobuslar aholi yashaydigan punktlar orasida yoʻlovchilarni tashiydi. Maxsus Avtobuslar sayyoxlar, dam oluvchilar, samolyotga chiquvchilar, ayrim idoralar va boshqa uchun moʻljallangan. Shaharlararo Avtobusda yukxona boʻladi va oʻrindiqlari uxlab ketish uchun moslashtiriladi. Avtobuslar ikki qavatli qilib ham ishlanadi. Avtobuslar qishda isitiladi, yozda esa shamollatib turiladi. Avtobuslar 110 km/soat gacha tezlik bilan yura oladi. Avtobusning oʻlchami (uzunligi) 5 m dan ( mikroavtobuslar) 24 m gacha (qoʻsh Avtobuslar). Oʻzbekistonda avtobus ishlab chiqarish istiqlol yillaridagina yoʻlga qoʻyildi.1999-yildan Samarqand shahridagi "SamKochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo qatnashga moʻljallangan M 23.9 (23 oʻrindikli; dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) va M 29 (29 oʻrindiqli; dvigatelining quvvati 84,6 kVt, maksimal tezligi 105 km/soat) rusumli, shuningdek shahar ichida qatnashga moʻljallangan M 24.9 (23 oʻrindiqli, dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) rusumli Avtobus ishlab chiqariladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil .
Etimologiyasi Avtobus atamasi avtomobil hamda lotincha omnibus – "har yerda" soʻzlaridan qisqartmadir. Avtobus turlali Taqdir Shahar avtobuslari Shahar atrofi avtobuslari Uzoq masofaga qatnaayadan avtobus Maktab avtobuslari Aeroport avtobuslari Maxsus maqsadli avtobusar
O'lcham va sig'im
Mikroavtobus Mini sinf Midi sinf Maxi sinf Mega sinf
Tana tuzilishi
Klassik avtobus Bo'g'imli avtobus Ikki gavatli avtobus
Pol balandligi
Past polli avtobus Past kirish avtobus O'rtacha poli avtobus Yuqori poli avtobus
Haydash tizmi va energiya manbai
Dizel dvigateri avtobus Gazda yuradigan avtobus Bioyoqilg'ida yuradigan avtobus Gibrid avtobus Elektrobus Vodorodli avtobus
Shuningdek Avtomobil Trolleybus Tramvay Avtomobil sanoati.
Manbalar
Turkum:Transport vositalari