Seul Milliy Fan va Texnologiya UniversitetiUniversitet binosiAvvalgi nomiSeul Milliy sanoat Universiteti(1988-1993)Seul Milliy texnologiya Universiteti (1993-2010)„HISTORY“. SEOULTECH Official website. SEOULTECH. Retrieved 22 December 2018.ShioriBizning orzu, sizning kelajakTuriDavlat universitetiTashkil topgan1910-yilPrezidentiLee Dong-HoonIlmiyhodimlar865 (2020)„STATISTICS“. Maʼmuriy hodimlar1329 (2020)Talabalar11,472 (2020)Bakalavr9,929 (2020)Magistratura1,543 (2020)Joylashuvi232 Gongneung-ro, Nowon-gu, Seul Janubiy KoreyaWebsitewww.seoultech.ac.kr thumb
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti (SeoulTech) — Janubiy Koreya, Seul, Nowon-gu shahrida joylashgan davlat universitetidir.
Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti Eoeudong davlat kasb-hunar maktabi negizida tashkil topgan. Keyinchalik maktab Gyeongseong davlat-sanoat maktabi, Gyeonggi texnik kolleji va Seul milliy texnologiya universiteti sifatida qayta tashkil etildi.2010-yil sentyabr oyida tashkil etilganligining 100 yilligi munosabati bilan „Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti“ deb nomlandi.Muassasa „Seultech“ nomi bilan ham tanilgan.
Bugungi kunda Seultech 508,690 kvadrat metrlik (124 akr) keng kampusga, oltita kollej, 23 boʻlim, yettita aspiranturaga ega va 11,500 kishilik talaba tahsil oladigan yirik universitetdir. Bu Seul universitetlari orasidagi beshinchi eng katta kampusdir. Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti 2015-yilda Quacquarelli Symonds (QS)ga koʻra, Janubiy Koreyada ikkinchi va Osiyoda 23-oʻrinni egallagan. 2015-yilda Korea Economic Daily nashri tomonidan fan va muhandislik sohasida Janubiy Koreyada 15-oʻrinni egallagan.
Fakultetlar Muhandislik kolleji
Mexanik tizim va dizayn muhandisligi kafedrasi Mexanik dizayn va avtomatlashtirish muhandisligi dasturi Mexanik dizayn va ishlab chiqarish muhandisligi dasturi Mashinasozlik va avtomobilsozlik fakulteti Mashinasozlik dasturi Avtomobil muhandisligi dasturi Xavfsizlik muhandisligi kafedrasi Materialshunoslik va muhandislik boʻlimi Qurilish fakulteti Arxitektura maktabi Arxitektura dasturi Arxitektura muhandislik dasturi
Axborot va kommunikatsiya muhandisligi kolleji
Elektr va axborot muhandisligi kafedrasi Elektron va IT media muhandisligi kafedrasi Elektron muhandislik dasturi Media IT muhandislik dasturi Kompyuter fanlari va muhandislik kafedrasi
Energetika va biotexnologiya kolleji
Kimyoviy va biomolekulyar muhandislik kafedrasi Atrof-muhit muhandisligi kafedrasi Atrof-muhit muhandisligi dasturi Ekologik siyosat dasturi Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi boʻlimi Nozik kimyo kafedrasi Optometriya kafedrasi Sport fanlari kafedrasi
Sanʼat va dizayn kolleji
Dizayn boʻlimi Vizual aloqa dizayn dasturi Sanoat dizayni dasturi Kulolchilik sanʼati va dizayn kafedrasi Metall sanʼat va dizayn kafedrasi Tasviriy sanʼat kafedrasi
Gumanitar va ijtimoiy fanlar kolleji
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Davlat boshqaruvi fanlari bo‘limi Davlat boshqaruvi fanlari ixtisosligi Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvi mutaxassisligi Ijodiy yozuv boʻlimi
Biznes va texnologiya kolleji
Sanoat va tizim muhandisligi kafedrasi Sanoat va axborot tizimlari muhandisligi mutaxassisligi Ishlab chiqarish tizimlari va dizayn muhandisligi (MSDE) IT menejmenti (ITM) boʻyicha mutaxassisligi Biznes boshqaruvi kafedrasi Biznes boshqaruvi mutaxassisligi Global texnologiya menejmenti (GTM) boʻyicha mutaxassisligi
Universitet tarkibida uchta professional aspirantura va uchta maxsus aspirantura mavjud. Ulardan tashqari, bir qator ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari mavjud.
Kutubxona Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitetidagi kutubxona 1910-yil aprel oyida Eoeudong davlat kasb-hunar maktabi tashkil etilganidan beri faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda kutubxonada 600 987 jild , 11 928 elektron kitob, 23 259 audiovizual materiallar, mahalliy va xorijda nashr etilgan 446 ta davriy va akademik jurnallar mavjud.
2004-yil oxirida qurib bitkazilgan markaziy kutubxona binosi 9281 maydonni egallagan uch qavatdan iborat. Birinchi qavatda kutubxona boʻlimi, seminar xonalari, Gʻarbiy arxiv va axborotni qayta ishlash markazi joylashgan. Ikkinchi qavatda Sharq arxivlari va maʼlumotnomalari, davriy nashrlar va akademik jurnallar xonasi joylashgan. Uchinchi qavatda multimedia xonasi, guruhli o‘quv zali joylashgan. 2011-yilda rekonstruksiya qilingan..Kutubxona professor-o‘qituvchilari va talabalarining 100 yil davomidagi ilmiy tadqiqot ishlarini jamlagan.
Boshqalar thumb| Seul milliy fan va texnologiya universiteti kampus xaritasi Kutubxonadan tashqari axborot-kompyuter markazi, matbuot va radioeshittirish markazi; umumiy laboratoriya binosi; biznes inkubatsiya markazi; oʻquv jihozlarini boshqarish va texnik yordam markazi; va xalqaro almashinuv markazlari ham mavjud. Shuningdek,til taʼlimi va tadqiqot instituti ham mavjud boʻlib, unda yigirmata ona tilisi ingliz tili boʻlgan oʻqituvchilari faoliyat olib boradi.
Grantlar right|thumb| Seul Milliy Fan va Texnologiya Universiteti kampusining bir qismi Talabalarning qariyb yarmi nisbatan arzon narxlarda taʼlim olishni taklif qiluvchi stipendiya dasturidan foydalanadi. 2015-yilda 11500 talabaning taxminan 6000 nafari stipendiya asosida taʼlim olgan. 2014-yilda kontrakt narxining 47%i stipendiyalar uchun sarflangan. Seultech shuningdek, bir qator moliyalashtirilgan xalqaro hamkorlik dasturlari va Buyuk Britaniyadagi Northumbria universiteti bilan ikkita qoʻshma dasturlarga ega.
Til taʼlimi va tadqiqot instituti Til taʼlimi va tadqiqot instituti The Institute for Language Education & Research universitetning ingliz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻrganish ehtiyojlarini qondirish uchun turli til dasturlarini taqdim etadi. Hozirda 26 ta professor-o‘qituvchilar mavjud. va u oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish, tadqiqot va nashr etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda madaniyatlararo almashinuv ruhini rivojlantirishga qaratilgan.
Ramzlari 2014-yil mart oyida universitetning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi universitet ramzini aniqlash uchun o‘zining birinchi ramziy qo‘mitasini o‘tkazdi. 2013-yil aprel oyida oʻqituvchilar va professor-oʻqituvchilar uchun birinchi soʻrovnomadan soʻng, universitet ramzini joriy etish maqsadida 2013-yil iyun oyida 12807 nafar bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida ikkinchi soʻrovnoma oʻtkazildi. Va bunda Xaytay eng ko‘p ovoz to‘plagan.
Reytinglar 2021-yilda Seul Milliy Fan va Texnologiya Universitet neft muhandisligi sohasida dunyo miqyosida 51-100 va elektrotexnika va elektron muhandislik boʻyicha dunyoda 401-450 oʻrinlarni egalladi. thumb| Seul texnoparki, NT va IT taʼlim-sanoat hamkorlik markazi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Janubiy Koreya universitetlari