Suvayba (shuningdek, Sobiya) ayol sahobiylardan bo‘lib, Muhammad alayhissalomning birinchi sut onalari ediBeacons of Light on al-Islam.org. Uning ismi “Xudoning mukofotiga loyiq” degan ma’noni anglatadi. U “Suvayba al-Islomiya” nomi bilan ham tanilgan.

Hayoti Suvayba Abu Lahab nomi bilan mashhur Abduluzzo ibn Abdulmutallibning xizmatkori edihttp://www.islamicfinder.org/prophet/list.php, question 9. Abu Lahab ukasi Abdullohning ayoli Ominaning Muhammad alayhissalomni dunyoga keltirgani haqida xabar topgach, uni ozod qilgan.

Suvayba uch kunliklaridan so‘ng Muhammad alayhissalomni va o‘zining o‘g‘li Masrahni emizgan. Suvayba Muhammad alayhissalomning birinchi amakivachchalari Abu Salamani hamda u zotning amakilari Hamza ibn Abdulmuttalibni ham emizgan. Muhammad alayhissalom Hamzaning qizi haqida: “U mening emikdosh akamning qizi”, degan edilar.

Bir necha kundan keyin Halima Sa’diya Muhammad alayhissalomni emizish vazifasini o‘z zimmasiga olgan va u zotni taxminan to‘rt yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilgan.

Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik kelgach, Suvayba musulmon bo‘lgan. Uning o‘g‘li undan oldinroq vafot etgan, o‘zi esa hijriy 7 (milodiy 629) yili olamdan o‘tgan.

Manbalar

Turkum:Islom Turkum:Ayol sahobalar Tarix