Sudan harbiy hukumatining raqib guruhlari oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuv 2023-yilning 15-aprelida butun mamlakat boʻylab, asosan poytaxt Xartum shahri va Darfur viloyatida toʻqnashuvlar natijasida boshlangan. 23-aprel holatiga koʻra, 420 dan ortiq odam halok boʻlgan, 3700 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Janglar harbiylashtirilgan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlarining (TQK) hukumat nazoratidagi muhim obʼektlarga hujumlari bilan boshlandi. Sudan boʻylab, xususan Xartumda havo va artilleriya hujumlari hamda kuchli otishma kuzatilgan. 2023-yil 23-aprel holatiga koʻra, TQK yetakchisi Muhammad Hamdan Dagalo va Sudanning amaldagi rahbari hamda armiya boshligʻi Abdulfattoh al Burhon hukumatning bir qancha muhim ob’ektlari, jumladan, umumiy harbiy shtab, Prezident saroyi, Xartum xalqaro aeroporti, Burhonning rasmiy qarorgohi va va SNBC shtab-kvartirasi ustidan nazorat oʻrnatishdi.

Izohlar

Manbalar

Turkum:2023-yil voqealari