Termiz arxeologiya muzeyi — zamonaviy Oʻzbekistonning Termiz shahridagi muzey. Muzeyda saqlanayotgan ashyolar asosan Yunon-Baqtriya va Kushonlar davriga oid. Bodxi daraxti ostida oʻtirgan Budda yoki Kushon shahzodasining boshi kabi baʼzi artefaktlar aslida nusxalar boʻlib, ularning asl nusxasi Toshkent tarix muzeyi va Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanadi. Salalli tepa, Kampirtepa, Xolchayon, Bolaliktepa va Fayoztepaning masshtabli maketlari ham mavjud. Sheroboddagi Tavka qoʻrgʻonida „Toxariston malikasi“ deb nomlangan mashhur devoriy surat topilgan"Most striking is the fragmented mural found at Tavka Kurgan in Shirabad and entitled 'Princess of Toharistanʼ . It is actually believed to be a hunter, painted in rich orange, blue and white, with striking eyes preserved so well they belie their age — 1500 years old." in .
Tarixi Termiz arxeologiya muzeyida Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12 yanvardagi „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida“ gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi „Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida“ gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi „Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida“ gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.
Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-231 sonli buyrugʻiga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi).
Arxeologiya muzeyining tematik-ekspozitsion rejasi 2001-yil 14 fevraldagi „Oʻzbekmuzey“ jamgʻarmasining arxeolog olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzey ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir oʻtkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrugʻiga asosan „Arxeologiya“ muzeyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi.
Arxeologiya muzeyining binosi „Oʻzqishloqloyiha“ institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni oʻz zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan.
Muzeyning kadrlar boʻlimi uz faoliyatini 2001 yil boshlagan boʻlib, hozirgi kunda muzeyda 65 kishidan iborat shtatlar jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab kelmoqda. Muzey direktori — tarix fanlari nomzodi, dotsent, "Doʻstlik" ordeni sohibi Ismoil Botirovich Temirov MUZEYNING ILMIY BOʻLIMLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR. Arxeologiya muzeyining ilmiy yoʻnalishi tanlangan. 2005 yilgacha uzoqqa moʻljallangan kontseptsiya ishlab chiqilgan. Mualluf Maqola nomi Nashr nomi, soni, qachon
I.Botirov „Buyuk ipak yoʻli“. A.Temur muzeyi ilmiy toʻplami. Toshkent FA nashriyoti, 2003. Termizda buddizm. Buddism in Termez. Pokiston, Laxor, Arxeologiya departamenti, 2003. „Buyuk ipak yoʻli“. TerDU ilmiy toʻplami. Termiz, 2002. T.Annaev Osnovnie etapi razvitiya Baysuna. V sb. „Boysun baxori“ Tashkent, 2003. Etnografiya i toponimi Baysuna. Tam je. Surxon vohasi jahon madaniyati chorrahasida. 2004. Sopolli madaniyatining pektografik belgi-yozuvlari Toshkent, 2003. Sh. Shaydullaev Jarqoʻton. 2002. Unterchungen zur fruher Eisenzeit in Nordbaktrien. 2003. Sh. Rahmonov „Jeleznaya vorota“ 2003. Z.Xoliqov, H.Dedjimuratov Termiz va Chagʻaniyonning oʻrta asrlardagi tarixiy geografiyasi 2004. Ilmiy xodimlar tomonidan yozilgan ilmiy yoʻnalishdagi maqolalar jurnal va roʻznomalarda chop qilib borilmoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida I.Botirov tomonidan yozilgan „Qadimgi Termizda budda taʼlimoti“ maqolasi „Surxon tongi“ roʻznomasida, „Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari“ maqolasi „Termiz oqshomi“ roʻznomasida, I.Botirov va ilmiy xodim J.Jumaqulovlar tomonidan „Kim valiy boʻla oladi?“ maqolasi „Termiz oqshomi“ roʻznomasida, „Abulhasan Hujviriy (Julobiy)“ maqolasi „Surxon tongi“ roʻznomasida, „Xonliklar davri“ boʻlimi katta ilmiy xodimi Z.Xoliqov va ilmiy xodim H.Dedjimuratovlar tomonidan „Termiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy geografiyasi“ maqolasi „Moziydan Sado“ jurnalida, „Termiz yirik hunarmanchilik shahri“, „Arxetikturada islom madaniyatining aks etishi“ maqolasi Termiz Davlat Universiteti professor-oʻqituvchilarning 2004 yil fevral oyidagi ilmiy toʻplamida, „Mustaqillikning 13 yilligi, maʼnaviyat va maʼrifat“, R.Boltaeva tomonidan yozilgan „Yaponiya oliy taʼlim tizimi“, „JICA koʻmagi bilan“ maqolalari, ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan „Misgarlik sanʼati“ maqolasi „Surxon tongi“ roʻznomasida chop etildi. Bundan tashqari, I. T. Botirov, T.Annaev tomonidan 2002 yilda oʻzbek tilida „Sharq“ nashriyotida chop qilingan „Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi“ deb nomlangan risola Germaniyaning Konrad Adenaur fondining Toshkentdagi vakolatxonasi homiyligida nemis tilida chop qilindi.
Ilmiy xodimlarning tarixiy davrlar boʻyicha tayyorlagan bukletlarning baʼzilarini koʻrsatib oʻtamiz: Annaev T. „Surxon vohasi jahon madaniyat chorrahasida“. Gʻulomov O., Xudoyberdieva N. „Surxon vohasi Tosh davri yodgorliklari“ II qismli). „Surxon vohasida Bronza davri madaniyati“ II qismli). Temirova D. „Ellinizm madaniyatining Arxeologiya muzeyi zallarida koʻrinishi“, „Yunon Baqtriya podsholigi“ Annaev R „Shimoliy Toxariston devoriy suratlari“, „Ilk oʻrta asrlarda Bojxona inshootlari“. Dedjimurodov H. „Termiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy geografiyasi“, „Termiz yirik xunarmanchilik shahri IX-XI asr“, „Arxetikturada islom madaniyatining ask etishi“, „Mis kosadagi bitiklar“, „Buxoro xonligi“, „Xiva xonligi“, „Qoʻqon xonligi“. Choriev. M. Boltaev F. „Mis shokasadagi bitiklar“, „Qadimda pul muomalasi“ Jumaqulov J. „Abulhasan Hujviriy va uning Kashf ul-Mahjub asari haqida“, „Muzey qanday joy, u qachon paydo boʻlgan?“, Abu al-Hasan Hujviriyning „Kashf ul-Mahjub“ asarining „Tasavvuf haqida“, „Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar“, „Hakimiya tariqati“, „Valiylik va karomat haqida“ boblari boʻyicha bukletlar. Oʻzbekiston-Chexiya xalqaro ekspeditsiya boshligʻi sifatida „Tosh va bronza davri“ boʻlimi katta ilmiy xodimi Sh. Shaydullaev Sherobod tumanida joylashgan kushonlar davriga oid Jondavlattepa yodgorligida qazishma ishlarini olib bordi (2004, sentyabr-oktyabr). Natijada, yodgorlikning ark qismida „Saroy“ oʻrni ochildi. U kvadrat shaklda boʻlib, 29x29 m, hozirgacha saroyning mudofaa devorlari ochildi. Yodgorlikning shahriston qismida shahar darvozasi ochildi. U burjlar (mudofaa istehkomlari) bilan mudofaa qilingan. Baqtriya arxeologiyasida antik davr uchun bu birinchi marta uchraydi, shu vaqtgacha antik davr shaharlari darvozasi oʻrnatilmagan edi.
Ilmiy-ekspozitsiya va koʻrgazma ishlari Arxeologiya muzeyi tasdiqlangan kontseptsiya va tematik ekspozitsion rejasiga ega. Arxeologiya muzeyining kontseptsiyasi va tematik ekspozitsion rejasi 2002 yil fevral oyida ishlab chiqilgan boʻlib, Respublika etakchi arxeolog olimlar ishtirokida „Oʻzbekmuzey“ jamgʻarmasi ilmiy kengashida tasdiqlangan. Muzey ekspozitsiya ana shu kontseptsiya va ekspozitsion reja asosida tashkil etilgan. Muzey zallari boʻylab ekskursiya oʻtkazish uchun 3 tilda tayyorlangan ekskursovodlar matni muzey ilmiy kengashi, TerDU tarix fakulteti ilmiy metodik kengashi tomonidan 2003 yil 10 iyunda, viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi tomonidan 2003 yil 19 iyulda tasdiqlanib, hozirgi kunda ekskursiya oʻtkazishda foydalanib kelinmoqda. Fond boʻlimi 2003 yil Arxeologiya muzeyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27346 ta edi. 2004 yil davomida esa Arxeologiya muzeyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27457 taga etdi. Shundan 19 824 tasi numizmatika fondiga tegishli tangalar boʻlib hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, muzeyda jami boʻlib, 8.500 ga yaqin arxeologik ashyoviy topilmalar, 19 824 dona numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mavjud. Arxeologiya muzeyi oʻzining 3 yillik faoliyati davomida muzey fondini toʻldirish boʻyicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi. 2004 yil davomida muzeyning ilmiy xodimlari Sh. Shaydullaev, Sh. Raxmonov, T. Annaev, Z. Xoliqovlar, shuningdek, R. Boltaeva, B. Toshpoʻlatov, B. Xamrayevlar Jarqoʻton, Chingiztepa, Fayoztepalarda oʻtkazilgan arxeologik ekspeditsiyalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Kampirtepa yodgorliklarida oʻtkazilgan qazishmalar natijasida Arxeologiya muzeyi fondi bir qancha topilmalar bilan boyitildi. Termiz shahridagi „Shoymardon ota“ qabristonidan topilgan eksponatlar ham shuningdek, Sherobod tumanining Jarqoʻton yodgorligidan topilgan 42 dona eksponat muzey fondiga keltirildi.
Qoʻlyozmalar bilan ishlash sektori
Ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan Abulhasan Hujviriyning „Kashf-ul mahjub“ asaridagi shayx Sulton Ahmad Xizraveyh, Shaqiqi Balxiy hamda Abuabdulrahmon Hotam binniy Unvon al-Isim Balxiylarning hayoti va faoliyati haqidagi bayonlarni forschadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Shu bilan birga „Misgarlik sanʼati“ maqolasi „Surxon Tongi“ roʻznomasida, „Al-Hakim at-Termiziyning soʻfiylik tariqatida valiylik va karomat tushunchalari“ (Kashf-ul Mahjub asari asosida) maqolasi TerDU ilmiy toʻplamida nashr etilgan. Bundan tashqarii, viloyat radiosida „Istiqlol onlari“ mavzuidagi eshittirishda muzey va uning faoliyati haqida oʻzbek va tojik tillarida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, muzey ilmiy arxivida saqlanayotgan toshbosma va qoʻlyozma kitoblar ustida bir qator ishlar olib borilmoqda. Abu al-Hasan Hujviriyning „Kashf ul-Mahjub“ asarining „Tasavvuf haqida“, „Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar“, „Shayx Sulton Ahmad Xizraveyhning hayot va faoliyati“, „Hakimiya tariqati“, „Valiylik va karomat haqida“, „Ibrohim Adham“, „Ahmad binni Xizraviy“, „Shaqiqi Balxiy“, „Abuabdulrahmon Hotam binni Unvon al-Isim Balxiy“ mavzularidagi boblari fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Termiz
1999 yil noyabr oyida UNESCO Bosh konferensiyasining Parijda boʻlgan 30-majlisida Markaziy Osiyoning qadim shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida „Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida“ maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. „Buyuk Ipak Yoʻli“ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan.