Ahmad ibn Abdulloh Habash Hasib Marvaziy (766-869) Marv amirligi (Xorazm)da tug'ilib o'sgan va astronom, geograf va matematik bo'lgan. U Xurosonning Merv shahridan trigonometrik kattaliklar: sinus, kosinus, tangens va kotangentsni tushuntirgan birinchi olim hisoblanadi.

U Bagʻdodda yashaydi va yuz yoshdan oshib 869-yilda vafot etadi. U Abbosiy xaliflardan boʻlgan al-Maʼmun va al-Mu'tasimlarning boshchiligida ish olib borgan.

Ishlari U 825-yildan 835-yilgacha kuzatuvlar olib boradi va uchta astronomik jadvalni tuzadi. Birinchisi hamon Hind uslubida, ikkinchisi, "tekshirilgan" deb atalgan jadval, eng muhim hisoblanib, ular "Maʼmuniy" yoki "Arab" jadvallariga oʻxshab ketadi va al-Maʼmun astronomlarining umumiy asari boʻlishi ham mumkin. Uchinchisi esa kichikroq boʻlib Shoh jadvallari deb ataladi.

829-yildagi quyosh tutilishi holida Habash birinchi bor balandlik orqali(bu holda quyoshning balandligi) vaqtni aniqlash usulini koʻrsatib beradi. Bu usul keyinchalik Musulmonlar astronomlar tomonidan keng qabul qilinadi.

830-yilda u "soya" tushunchasini, zamonaviy koʻrinishida hozirgi trigonometriyadagi tangensga mos keluvchi tushunchani kiritadi. Bundan tashqari u shunday "soyalar"ning ilk jadvalini tuzib chiqadi. Bundan tashqari u kotangens tushunchasini ham kiritadi va uning jadvalini tuzadi.Jacques Sesiano, "Islamic mathematics", p. 157, in

Jismlar va masoflar kitobi Al-Hasib Bagʻdoddagi Al-Shammisiyya rasadxonasida koʻplab izlanishlar olib boradi va bir nechta geografik raqamlar va astronomik qiymatlarni hisoblashga erishadi. U natijalarni oʻzining Jismlar va masofalar kitobida yigʻadi. Ulardan baʼzilari quyida keltirilgan.

Yer

Yer aylanasi uzunligi: 32,444 km Yer diametri: 10323.201 km Yer radius: 5161.609 km

Oy

Oy diametri: 3036.5 km Oy aylanasi uzunligi: 9538.622 km Oyning eng uzoq nuqtasi diametri: 662,406.338 km Oyning eng uzoq nuqtasi aylana uzunligi: 2,081,848.873 km

Quyosh

Quyosh diametri: 56,777.6966 km Quyosh aylanasi uzunligi: 178,444.189 km Quyosh orbitasi diametri: 12,491,093.2 km Quyosh orbitasi aylana uzunligi: 39,256,038 km Quyosh orbitasi orqali bir daraja:108,952.67 km Quyosh orbitasi orqali bir daqiqa:1817.405 km