Mavlono Saidiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning kosagarlik (kulolchilik) bilan shugʻullanishi haqida maʼlumot berib, bir gʻazali matlaʼsida zulqofiyatayn qoʻllanilganligini, lekin soʻnggi bayti yaxshiroq chiqqanligini aytadi:Shabe binshinu chandone sharobi behisobam deh

Ki, natvonamki to roʻzi hisob az joy barxezam.

(Mazmuni: Kechasi oʻtirib shu qadar behisob sharob berki, hisob (qiyomat) kunigacha oʻrnimdan tura olmay qolay). Mavlono Saidiy Hirotda vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik