Yevgeniy Gennadyevich Cheremisin (1988-yil 29-fevralda tugʻilgan, Yorcholli, Tatar ASSR) – rossiyalik futbolchi , darvozabon. Oʻzbekiston oliy ligasida 30 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyati Chelnidagi „Zarya“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiyi Gennadiy Andreevich KadilskiyKRYoSTNIY OTYeTs YuNIX ChYeLNINSKIX FUTBOLISTOV. Professional futbolga Nijnekamskning „Neftekhimik“ jamoasi bilan kirib kelgan. Klub bilan 2005-yilda Rossiya kubogi oʻyinlarida va 2006-yilda ikkinchi divizionda debyut qilgan. Nijnekamsk jamoasida ikki mavsum davomida u milliy chempionatlarda 36 oʻyin oʻtkazgan.
2008-yilda u Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtdi. Klubda Rossiya chempionatida jamoas bilan asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida birorta ham oʻyin oʻtkaza olmadi. Mamlakat kubogida u bitta oʻyinda ishtirok etdi – 2010-yil 13-iyulda Astraxanning „Volgar“ jamoasiga qarshiMatch Volgar-Gazprom – Rubin. footballfacts.ru . 2010-yilda Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi boʻldiYevgeniy Cheremisin: „Kubok Sodrujestva otobral u nas ochen mnogo emotsiy“. Rubin-2 va Rubin jamoasi tarkibida chempionatda 39 ta oʻyin oʻtkazdi va 44 ta gol oʻtkazib yubordi. Fakel Voronezh ijaraga oʻtdi, jamoada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2014-yilda esa Neftekhimik klublariga oʻtdi, klubda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi. Shu yil FC KAMAZ klubiga qoʻshildi.
2015-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtdi. U Oʻzbekiston oliy ligasidagi debyut uchrashuvini 2015-yil 14-mart kuni „Shoʻrtan“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdiMatch Neftchi F – Shurtan. soccerway.com. Mavsum davomida u barcha 30 uchrashuvni asosiy tarkibda oʻtkazdi. Jamoasi bvilan soʻnggi bir necha yil ichida eng yaxshi natija – beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq mavsum yakunida xorijlik darvozabonlarning Oʻzbekiston chempionatida oʻynashi taqiqlangani bois, darvozabon „Neftchi“ni tark etishga majbur boʻldiChetire slagaemix uspexa. Kak „Neftchi“ vernulsya v elitu.
2017-yil boshida u Belorussiyaning „Isloch“ klubiga koʻrikka borgan, ammo transfer muvaffaqiyatli amalga oshirilmaganRossiyskiy vratar Cheremisin priexal na prosmotr v „Isloch“. 2018-yilda Oʻzbekiston superligasi vakili Qizilqum klubiga qoʻshildi. Klubda 43 ta oʻyinda maydonga tushdi. klubda 2 mavsum oʻynadi. Sonʼg, Qirgʻizistonning Kaganat klubiga oʻtdi.
Yutuqlari
Rossiya Superkubogi: 2010
Manbalar
Havolalar
„Rubin Qozon“ rasmiy veb-saytidagi oʻyinchi sahifasi
Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:FC Neftekhimik Nizhnekamsk futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FK Rubin-2 futbolchilari Turkum:FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:FC Kaganat klubi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar