Oʻron – kalit soʻz, parol. Bobur oʻsha davrlarda har bir qavmning oʻz oʻroni boʻlishi toʻgʻrisida maʼlumot berib, baʼzi qavmlar „durdona“, boshqa qavm „toʻqboy“, yana bir qavm esa „lulu“ soʻzini oʻron sifatida tanlashganini bayon etadi. Urush chogʻida esa oʻron ikki soʻzdan iborat boʻlib, birinchi aytilgan oʻronga shartli javob tarzida oʻron belgilangan. Bobur Andijonga yurishi chogʻida „Toshkand“ va „Sayram“ soʻzlari oʻron sifatida tanlangan. Andijon qoʻrgʻoni yaqinida tun payti xonning qoʻshini „Toshkand“ deb oʻronni aytganida, Boburning oldingi safda turgan beklaridan biri shoshib qolib “Sayram” oʻrniga „Toshkand“ deb javob qaytargan. Natijada oʻrtada anglashilmovchilik tugʻilib, ikki tomon bir-birini oʻqqa tutganZahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Oʻron · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.