Sefalalgiafobiya yoki Cephalalgiaphobia — bosh ogʻrigʻidan qoʻrqish. Sefalalgiya lotincha atama boʻlib, bosh ogʻrigʻi (sefaliya — „bosh“, algia — „ogʻriq“) degan maʼnoni anglatadi. Harvey Featherstone bu fobiyani 1980-yillarning oʻrtalarida bosh ogʻrigʻidan yoki migren ogʻrigʻidan qoʻrqish sifatida taqdim etganOostendorp, R., Elvers, H., Mikolajewska, E., Roussel, N., Trijffel, E., Samwel, H., Nijs, J., Duquet, W. (2016). Cervico-cephalalgiaphobia: a subtype of phobia in patients with cervicogenic headache and neck pain? A pilot study. Journal of Manual & Manipulative Therapy, 24 (4), pp. 200-209. doi: 10.1179/2042618615Y.0000000015. Bu fobiya bilan ogʻrigan bemorlar bosh ogʻrigʻiga duchor boʻlmaslik uchun haddan tashqari koʻp ogʻriq qoldiruvchi dori-darmonlar qabul qilishadi. Ushbu qoʻrquvni boshdan kechirgan bemorlarda tez-tez migren kuzatiladiArnold, G., Reuter, U., Kinze, S., Wolf, T., & Einhäupl, K. M. (2008). Migraine with aura shows gadolinium enhancement which is reversed following prophylactic treatment. Wiley Online Library,18 (9), pp. 644-646. doi: 0.1111/j.1468-2982.1998.1809644. Biroq, shifokorlar ogʻriq qoldiruvchi vositalarni emas, balki fobiya bilan kurashish uchun psixiatrik, dori-darmonlarni buyuradilar. Igna sanchib davolash terapiyasidan foydalangan holda farmakologik boʻlmagan muolajalar bosh ogʻrigʻidan qoʻrqishni kamaytirishi isbotlanganLarner A. J. (2005). Acupuncture use for the treatment of headache prior to neurological referral. The Journal of Headache and Pain, 6 (2), pp. 97-99. doi: 10.1007/s10194-005-0160-7.
Muolajalar Ushbu fobiya uchun maʼlum boʻlgan davolash usullari tashvish, depressiya va boshqa fobiyalarga ega boʻlgan odamlarga buyurilgan dori-darmonlarni oʻz ichiga oladi. Ular orasida trisiklik antidepressantlar, benzodiazepinlar va turli xil psixoterapiya turlari mavjudPeres, M. F.P., Mercante, J. P.P., Guendler, V. Z. et al. J Headache Pain (2007)., Cephalalgiaphobia. Bosh ogʻrigʻini dori-darmonsiz davolash usullariga Igna sanchib davolash kiradi, bu bosh ogʻrigʻidan qoʻrqishni kamaytiradi.
Manbalar
Turkum:Fobiya