Ruhiy kasalliklarning DSM-IV bildirishiga koʻra, qon-inʼektsiya-shikastlanish fobiyasining bir turidir. Bu jarohat olishdan patologik qoʻrquvdir"Oxford Textbook of Psychopathology" by Theodore Millon, Paul H. Blaney, Roger D. Davis (1999) , p. 82.

Shikastlanish fobiyasining yana bir nomi travmatofobiya, yunoncha τραῦμα (travma), „yara, jarohat“τραῦμα, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus va φόβος (phobos), „qoʻrquv“φόβος, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus. Bu BII (qon jarohati-inʼektsiya) fobiyasi bilan bogʻliq. Jabrlanganlar irratsional yoki haddan tashqari tashvish va hayotni saqlab qolish uchun tibbiy muolajalardan qochish darajasiga koʻra muayyan qoʻrqinchli narsalar va vaziyatlardan qochish istagini namoyon qiladilar. Bir tadqiqotga koʻra, u ayollarda koʻproq uchraydi.

Ushbu fobiyani boshqalaridan ajratib turadigan narsa shundaki, odam qonga, jarohatga yoki inʼektsiyaga duchor boʻlganda, ular nafas qisilishi kabi ekstremal qoʻrquv tuygʻularini boshdan kechira boshlaydi; haddan tashqari koʻp terlash; ogʻiz qurishi; titrash; yurak urishini tezlashishi; dudugʻlanish yoki oʻylay olmaslik; aqldan ozish yoki nazoratni yoʻqotish qoʻrquvi; reallikni tushuna olmaslik. Barchasini jamlanmasidan vahima hissi yana ortishini tushunsa boʻladi. Taʼkidlash joizki, stomatologik fobiya travmatofobiyadan farq qiladi.

Davolash Ushbu fobiya bilan oʻgʻriydigan bemorlarni koʻp hollarda jarohatlanish holatiga simulyatsiya qilishadi va bu muolaja, bemorda qon va shikastlanishdan qoʻrquvi yoqolguncha davom ettiriladi.

Gipnoterapiya ham variant hisoblanadi.

Yana qarang

Fobiyalar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Fobiya