Asilbek Manapovich Momunov (1966-yil 8 mart — 1996-yil 29-mart, Olmaota viloyati) — sovet va qirgʻiz sobiq professional futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Hayoti 1983—1991-yillarda SSSR chempionatida Qirgʻizistonning „Alay Osh“ va „Alga Frunze“ jamoalarida ikkinchi ligada oʻynagan. 1992 va 1993-yillarda Alga / Algi-RIIF tarkibida Qirgʻiziston chempioni boʻldi. 1992-yilning ikkinchi yarmida Bolgariyaning „Haskovo“ klubida oʻynagan. 1994-yilni Oʻzbekistonning „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazgan boʻlsa, 1995-yilda Qozogʻistonning „Qaynar“ Toldiqoʻrgʻon jamoasiga oʻtgan.

U 1996-yil 29-mart kuni kechqurun Olma-Ota — Toldiqoʻrgʻon avtomobil yoʻlining 32-kilometrida sodir boʻlgan avtohalokatda vafot etgan. „Qaynar“ jamoasining besh nafar futbolchisi, jumladan, Bishkekka ketayotgan qirgʻizistonlik toʻrt nafar legioner boʻlgan „Mersedes“ katta tezlikda yoʻldan chiqib ketib, daraxtlarga borib urilgan. Momunov bilan birga Kanatbek Ishenboyev va Tagir Fasahov ham vafot etganAleksandr Trofimov. „Sport do vostrebovaniya“, Almati, 2007, s. 66.

Yutuqlar

Qirgʻiziston chempioni (2): 1992, 1993 Qirgʻiziston kubogi sohibi (2): 1992, 1993 1993-yilda Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:8-martda tugʻilganlar Turkum:Bishkekda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:29-martda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Haskovo futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Avtohalokatda vafot etganlar Turkum:Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi futbolchisi