— Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi tog'. Qo'ng'irtog' hududida Darcha, Nekuz ,Qozoqli va Raimso'fi aholi yashash punktlari bor. Darcha qishlog'ida arablar va o'zbeklar alohida-alohida yashashadi.Darcha so'zi fors-tojik tilidan olingan va dar- "yangi" , -cha - "mujda,xabar" degan ma'noni anglatadi. Darcha so'zining "Tor chox" degan ma'nosi ham bor. Nekuz qishlog'idan O'zbekiston Respublikasi madhiyasi muallifi Abdulla Oripov yetishib chiqqan. Qozoqli so'zining ma'nosi "qazilgan ariq" , " bu ariq qazib o'tildi" degan ma'nolari bor. Qo'ng'irtog' hududida paxta,bug'doy ekiladi va yig'ib terib olinadi, shuningdek tarvuz yetishtiriladi. Qo'ng'irtog' tog'ida yangi dam olish maskani qurilgan. Tog' hududida minerallarga boy suv oqib chiquvchi buloq bor. Musulmonlar namoz o'qishi uchun zamonaviy masjid ham faoliyat yuritadi. Tog' Dengiz sathidan 450-480 metr balandlikda joylashgan. Tog' qo'ng'ir rangida tuslanadi uzoqdan. Shuning uchun Qo'ng'irtog' deyiladi
Manbalar
Turkum:Koson tumani aholi punktlari Turkum:Qashqadaryo viloyati qishloqlari