Muhammad ibn Abul Qosim al-Xorazmiy al-Baqqoliy, al-Hanafiy (hijriy 533-yil (milodiy 1139-yil)da vafot etgan) — mufassir, adib, nahvshunos va tilshunos olim boʻlgan. Laqabi — „Odamiy“. Arab tili va eʼrob boʻyicha saboqni az-Zamaxshariydan olgan, ustozidan keyin uning oʻrnini egallagan. Undan va boshqalardan hadis tinglagan.
Asarlari „Tafsiru-l-Qurʼon“ („Qurʼon tafsiri“); „Miftohu-t-tanzil“ („Tanzil kaliti“); „al-Iʼjob fi ilmi-l-eʼrob“ („Eʼrob ilmiga taʼzim“); „al-Bidoya fi-l-maʼoniy va-l-bayon“ („Ritorika ilmiga kirish“); „Manozilu-l-arab“ („Arablarning manzillari“); „Tarojimu-l-aʼmom“ („Amakilarning tarjimai hollari“); „Taqvimu-l-lison“ („Tilni isloh etish“); „Azkoru-s-salot“ („Namozning zikrlari“); „Asroru-l-kizb“ („Aldovning sirlari“); „Iftixoru-l-arab“ („Arablarning faxrlari“).
Manbalar