Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (2003-yil 6-iyulda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi ampulasida oʻynaydi. 2023-yilgi 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi.
Futbolchilik faoliyati
Ilk yillari Poʻlatxoʻja 2003-yil 6-iyulda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. Poʻlatxoʻja Xoldorxonovning transfermarktdagi narxi 250 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).
Paxtakor safida Xoldorxonov 2021-yilgacha Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. Paxtakor klubi oʻrinbosarlar tarkibida 21 ta oʻyin oʻtqazadi va 11ta gol kiritdi. 2021-yil muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng Paxtakor murabbiylar shtabi tomonidan asosiy jamoaga jalb etildi. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov Paxtakor safida birinchi mavsumida Oʻzbekiston superligasida 7 ta, Osiyo chempionlar ligasida 1 ta oʻyin oʻtqazadi OChL tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanadi (Paxtakor — Al-Quva).
2022-yilgi mavsum Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2022-yilgi mavsumda Olimpik safida Oʻzbekiston superligasida 21 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta va oʻrinbosarlar tarkibida 15 ta oʻyin oʻtqazadi va umumiy hisobga 17 ta gol kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyati Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2022-yil 26-fevralida AGMK jamoasiga qarchi oʻrtoqlik oyiniga Ravshan Haydarov tomonidan jalb etildi va bu oʻyinda gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Shu tariqa terma jamoadagi debyutini oʻtqazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub safidagi statistikasi + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubSeasonLeagueMilliy kubokLiga kubogiOsiyoBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPaxtakor2021Superliga7000—11—812023Superliga18310—60—2532024Superliga15020—20—190Jami40330—91—524Olimpik (ijara)2022Superliga20420———224Navbahor2025Superliga7120———91Shoʻrtan2025Superliga15710———167Andijon2026Superliga11134———145Umumiy faoliyat statistikasi931684—91—11321 Terma jamoada Yutuqlari Paxtakor
Oʻzbekiston Superligasi Chempioni: 2021 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2021
Oʻzbekiston U20
AFC Osiyo kubogi 2023 Chempioni: 2023
Manbalar
Havolalar
Poʻlatxoʻja Xoldorxonov OʻzPFL saytida Poʻlatxoʻja Xoldorxonov Transfermarkt saytida Poʻlatxoʻja Xoldorxonov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari