right|thumb| Litva bankining bosh qarorgohi Gediminas prospektida, 1889-1891 yillarda Yuzef Montvil buyrugʻi bilan qurilgan. thumb| Yuqoridan koʻrinishi Litva banki () Litva Respublikasining markaziy banki hisoblanadi. Litva banki Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosidir. Bank raisi - Gediminas Shimkus. 2015-yilgacha Litva banki mamlakatning sobiq milliy valyutasi litni boshqarish uchun masʼul edi. Litva 2015-yil 1-yanvarda yevroni qabul qilgandan soʻng, u Yevrotizimning bir qismiga aylandi.
Birlamchi funksiyalari Bankning rasmiy veb-saytiga koʻra, Litva banki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
narx barqarorligini saqlash, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; Davlat Gʻaznachiligi agenti sifatida faoliyat yuritadi.
Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosi sifatida Litva banki yevrozona monetar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Bank rahbariyati Litva banki direktorlari :
Vladas Yurgutis (1922—1929) Vladas Stashinskas (1930—1939) Yuozas Tubyalis (1939) Yuozas Paknis (1939—1940)
Litva banki boshqaruvi raislari:
Bronyus Povilaytis (1990) Vilyus Baldishis (1990—1993) Romualdas Visokavichyus (1993) Kazis Ratkyavichyus (1993—1996) Reynoldiyus Sharkinas (1996—2011) Vitas Vasilyauskas (2011—2021) Gediminas Shimkus (2021-yildan)
Boshqaruvi va tuzilmasi Bank rais, raisning ikki nafar oʻrinbosari va ikki a’zodan iborat Boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.
Litva banki rasmiy veb-saytiga koʻra, bank Nazorat xizmati tomonidan boshqariladi va oʻnta boshqarma: Iqtisodiyot, statistika, bozor operatsiyalari, xalqaro munosabatlar, toʻlov tizimlari, naqd pul, buxgalteriya hisobi, axborot texnologiyalari, umumiy xizmatlar va xavfsizlik boshqarmalari, oltita avtonom boʻlinma (ichki audit, yuridik, tashkiliy va xodimlar, umumiy va jamoatchilik bilan aloqalar, risklarni boshqarish) hamda Litva bankining Kaunas va Klaypedadagi filiallari mavjud.
Yana qarang
Litva liti Yevropa markaziy banki
Manbalar
Havolalar
Litva banki
Turkum:Markaziy banklar Turkum:Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti Turkum:Yevropa Ittifoqi Turkum:Yevropa Markaziy banklar tizimi Turkum:Yevropa bank nazorati