Vyacheslav Shevchenko (; 1985-yil 30-mayda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. „Dinaz Vishgorod“ klubida hujumchi oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati U Ukraina terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoning jiyani. 1985-yil 30-mayda Skadovsk shahrida tugʻilgan. Boshlangʻich futbol mashgʻulotlari havaskor SC „Ingvar“ (Skadovsk) murabbiy Igor Chernishev boshchiligida oʻtkazgan.
Futbolchi sifatida faoliyatini Borisfenda boshlagan, ammo asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlmagan. 2003-yilda „Torpedo-Metallurg“ safida Rossiya chempionatida 1 ta oʻyin oʻtkazdi. 2006-yilda Dneprodzerjinskdan „Stal“ga oʻtdi. Biroq u yerda ham asosiy tarkib oʻyinchisi boʻla olmadi. 2007-yilda Ilyichevetsga oʻtdi. Klubda 2007-yil 25-mayda Oliy ligada Donetskning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinida 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, debyut qildi. Oʻsha oʻyin Ilyichevetsdagi yagona oʻyini boʻlib qoldi. 2008-yil 18-martda Feniks-Ilyichevetsda debyut qildi va oʻsha uchrashuvda sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Vyacheslav Shevchenko keyingi mavsumni Alchevskning „Stali“ jamoasida boshladi.
2011-yil yanvar oyida Luganskning Zorya klubiga koʻrikka keldi„Zarya“: eщyo odin forvard na prosmotre. Ammo transfer amalga oshmadi. 120 ming dollar evaziga Aleskandariyaga oʻtdiPervaya liga. Kto, kuda, zachem. Jamoadagi debyutini 2011-yil 20-mart kuni Xarkovning „Gelios“ jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazganPervaya liga. Tri pobedi, dve nichi. 2011-yilning 16-iyulida 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, Aleksandriya safida Ukraina Premyer-ligasida birinchi o‘yinni o‘tkazdiBraun Ideye obigrivaet Aleksandriyu. 2012-yil 21-iyul kuni Ohtrikada „Neftyanik-Ukrnafta“ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
2013-yilda Ujgorodning Goverla va Ozarbayjon klublarida sinovdan o‘tdi, ammo ikkala klub bilan shartnoma imzolay olmadi. Keyin AleksandriyagaShevchenko vernulsya v „Aleksandriyu“ qaytdi va u yerda 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Birinchi davra yakunlangach, Oʻzbekiston chempionatiga yoʻl oldi. 2014-yilning yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladiNapadayuщiy „Aleksandrii“ Shevchenko stal igrokom „Lokomotiva“ iz Tashkenta. 2014-yilning fevral oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan Osiyo chempionlar ligasida debyut qilgan„Ukrainskiy forvard debyutiroval v aziatskoy Lige chempionov“.
2014-yilning iyul oyida klub rahbariyati bilan oʻzaro kelishuvga koʻra u „temiryoʻlchilar“ klubini tark etdi. Shu yilning sentyabr oyida Birkirkara bir mavsumga uzaytirish huquqi bilan bir yilga shartnoma imzoladi. Shevchenko bor-yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazib, klubni tark etdiVyacheslav Shevchenko: „Otkuda obo mne vsyo znayut v Ukraine?“. 2015-yilda „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolab, O‘zbekiston chempionatiga qaytdi. Klubda 2 mavsum o‘ynadi. 2017-yil Latviya chempionatining birinchi ligasi vakili „Ogre“ klubiga oʻtdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Borysfen Boryspil futbolchilari Turkum:FC Borysfen-2 Boryspil futbolchilari Turkum:FC Moskva futbolchilari Turkum:FC Mariupol futbolchilari Turkum:FC Stal Alchevsk futbolchilari Turkum:FC Stal-2 Alchevsk futbolchilari Turkum:FC Oleksandriya futbolchilari Turkum:FC Stal Kamianske futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Birkirkara F.C. futbolchilari Turkum:FC Viktoriya Mykolaivka futbolchilari Turkum:FC Dinaz Vyshhorod futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Maltadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar