Terapevtik ultratovush, odatda, terapevtik foyda uchun ultratovushdan foydalanadigan har qanday ultratovush protsedurasini anglatadi. Fizioterapevtik ultratovush 1950-yillarda klinik amaliyotga kiritilgan, 1980-yillarda litotripsiya kiritilgan. Boshqalar tadqiqotdan klinik foydalanishga oʻtishning turli bosqichlarida: HIFU, maqsadli ultratovushli dori yuborish, trans-dermal ultratovushli dori etkazib berish, ultratovush gemostaz, saraton terapiyasi va ultratovush yordamida tromboliz U fokuslangan ultratovush (FUS) dan foydalanishi mumkin.) yoki fokuslanmagan ultratovush.

Oʻzgaruvchan elektr maydonida joylashgan toʻqimalarda siljish toklari va oʻtkazuvchanlik toklari paydo boʻladi. Odatda bu maqsad uchun ultrayuqori chastotali (UYuCh) elektr maydonlari ishlatiladi, shuning uchun tegishli fizioterapevtik metod UYuCh – terapiya (ruscha UVCh – terapiya) nomini oldi. UYuCh maydon taʼsirini effektivligini baholash uchun oʻtkazgichlarda va dielektriklarda ajraluvchi issiqlik miqdorini hisoblash lozim. Elektroterapiya usulida elektr toki va elektromagnit maydonlarining yuqori (YuCh), ultrayuqori (UYuCh) va oʻtayuqori (OʻYuCh) chastotalaridan foydalaniladi. Davolash maqsadida qoʻllanadigan oʻzgaruvchan elektrik tebranishlari, toʻlqin uzunliklari va chastotalari bilan xarakterlanadi. Bu parametrlariga bogʻliq boʻlgan elektromagnit tebranishlari organizmda fiziologik taʼsirini belgilaydigan YuCh, UYuCh va OʻYuCh chastotali diapazonlarga boʻlinadi . Turli chastotali elektromagnit maydon bilan taʼsir etganda, elektromagnit maydon chastotasini va unga bogʻliq boʻlgan yutilish asoslarini (toʻqimalarning dielektrik xossalarini) aniqlaydigan organizm toʻqimalariga fiziko – ximiyaviy jarayonlar yuzaga keladi. YuCh, UYuCh va OʻYuCh – li elektr toki va maydonlari taʼsirida, tirik organizm toʻqimalarida zaryadli jihatidan qarama – qarshi boʻlgan ion va molekulalarni qutblarda siljishini yuzaga keltiradi. Zaryadlangan zarrachalarni tebranma harakati natijasida toʻqimalar ichida issiqlik yuzaga keladi, bu esa oʻzgaruvchan elektr maydoni energiyasini tirik ob’ektning yutilishi asosida vujudga kelishini koʻrsatadi. Issiqlik yuzaga kelishi bilan bir qatorda, oʻzgaruvchan tokning issiqlik boʻlmagan (tebranishli) YuCh, UYuCh va OʻYuCh – li taʼsirida toʻqimalarda murakkab fiziologik jarayonlar hisoblangan – strukturani oʻzgarishi vujudga keladi. Harbir chastotalar diapazoni (YuCh, UYuCh OʻYuCh) alohida tebranishli effektlarga xos boʻlib u yuqori chastotali taʼsir faktorlarini oʻziga xosligini belgilaydi. UYuCh – terapiya – ayniqsa UYuCh – li 40,68 va 27,6 MGts quvvati 1 ÷ 50 Vt gacha boʻlgan elektrik (va past darajadagi magnit) maydonlari bilan 183 mijoz toʻqimalariga masofadan uzluksiz va impulsli taʼsir koʻrsatuvchi davolash usuli boʻlib hisoblanadi. Yelektr maydonining UYuCh – li taʼsirida suyuq (elekt toki oʻtkazuvchi) muhitlarda yoʻnalishdagi ionlar tebranishini, toʻqimalar – dielektriklarda – elektronlar va yadroning tebranishini va molekulalarning aylanma harakatini vujudga keltiradikim, buning natijasida issiqlik yuzaga keladi. Yelektr maydoni energiyasini ayniqsa dielektrik singdiruvchanligi past boʻlgan toʻqimalar (suyak, nerv, miya va kemirchak toʻqimalar) koʻproq yutadi, chunki ular energiyani chuqurroq singib kirishiga imkon yaratadi. Elektr maydonining UYuCh – li tasirida issiqlikni yuzaga kelishi tana yuzasidagi toʻqimalar kabi ichki toʻqimalarda ham birxildir. Turli valentli ionlarning hujayralar orasida va hujayralarning ichki muhitlarida qayta taqsimlanishi va toʻqima – dielektriklardagi barcha qutblanishlar „issiqlik boʻlmagan“ komponentlar taʼsiridan iboratdir. Zaryadlangan zarrachalarning tebranma harakati toʻqimalarning hujayrali va molekulaviy strukturasiga fiziko – ximiyaviy oʻzgarishni yuzaga keltiradi. UYuCh – li elektr maydonining katta boʻlmagan quvvatiga tebranishli (Ostsillyatorli) effekt yuzaga keladi. Tananing zararlangan yoki shikastlangan (ogʻriqli) joyidagi toʻqimalarda fizikaviy va ximiyaviy siljishlar vujudga keladi, qon tomirlarining singdiruvchanligi oshadi, qon yurishi tezlashadi, mikrosirkulyatsiya yaxshilanad. UYuCh – li elektr maydonining belgilangan dozasi biriktiruvchi toʻqimalarga yalligʻlanishga qarshi taʼsirini, ayniqsa yalligʻlanishning oʻtkir va oʻtkir osti fazalariga taʼsirini aniqlaydi. UYuCh – li elektr maydoni taʼsirida immunologik jarayonlarning kuchayishi (antitel ishlab chiqishni koʻpayishi, buyurak osti bezlarning funktsiyasini oshishi, leykotsitlarni emirilish aktivligini oshishi), mahalliy moda – almashinish jarayonlari, mikroorganizmlar miqdori va mikroblarni kasalliklarni qoʻzgatish xususiyatlarini kamayishi yuzaga keladi. UYuCh – li elektr maydonining birmuncha qoniqtiruvchi taʼsiri qon – va limfo – aylanishini kuchaytirishni, toʻqimalarni degidratatsiyasini, nerv sistemasini trofik funktsiyasini oshishini, mikrosirkulyatsiya va mahalliy moda almashinishini yaxshilanishini taʼminlaydi. UYuCh – terapiyasining UYuCh – li elektr maydoni sferasidagi taʼsiriga butun organizm qatnashadi. Bu davolash effekti mexanizmida etakchi rolni nerv – reflektorli taʼsiri oʻynaydi. Mahalliy reaksiyalar bilan parallel holda toʻqimalarda mahalliy faoliyati va umumiy adaptatsiyalanishi mexanizmlarini jalb qilish natijasida, organizmning boshqa organ va tizimlarida ham oʻzgarishlar boʻladi. Bu usulning yuqori effektivligiga qaramasdan, yalligʻlanish jarayonining forma va bosqichlariga bogʻliq holda, undan foydalanish qattiq differentsiallangan rejimda boʻlishi shart. UYuCh – li elektr maydonining yalligʻlanishning 1 – chi bosqichiga taʼsiri vaqtida (issiqlik dozalari tadbiq etiladi) odatda degidradatsiyalovchi taʼsir hisobidan yalligʻlanish reaktsiyalarini qamrab olish va shishlarni kamayishi 184 kuzatiladi. Yalligʻlanishni 2 – chi bosqichida toʻqima elementlarining aktiv emigratsiyasi va yiring paydo boʻlishining koʻpayishi, bunga bogʻliq holda UYuCh – li elektr maydonini tadbiq qilsak (issiq va past issiq dozalar) faqatgina tolalarda yiring oqimi paydo boʻlishi imkoniyati kuzatiladi. Yalligʻlanishning 2 – chi va 3 – chi bosqichlarida, oʻzaro bogʻlangan toʻqimalar elementlarining aktivlashishi, oʻzaro bogʻlovchi bar’er (chegarani) larni yuzaga kelishini tezlashtiruvchi oʻlgan nekrozlangan toʻqimalarning fibrolastlarini (fibrinlangan toʻqima) almashinishi vujudga keladi, oxirda tez granullash bilan yalligʻlanish oʻchogʻini sogʻlom toʻqimalardan chegaralashni amalga oshiradi. UYuCh – li elektr maydonining taʼsirini (issiqlik taʼsiri boʻlmagan dozalari) ulanma toʻqimalarni rivojlanish jarayonida tavsiya etish shart emasligini isobga olish zarur (masalan, oʻrta quloqni, halqum shamollashida, kasallikning qaytalangan formasida, giperprofik formasida tumov va hiqqildoqni yiringlashida, operatsiyadan keyingi LOR – organlariga). Bunday kasalliklarda UYuCh – terapiyani boshqa fizikaviy faktorlarga almashtirish afzaldir. UYuCh – ni elektr maydoni quloqni sirtqi yalligʻlanishida, burun furunkuliga, oʻtkir sinuitga (punktsiyadan keyingi ekssudativ formasida), yuz nervini yalligʻlanishiga, uchshoxli nervlar nevralgiyasiga quloq orqasidagi sust granullovchi va boshqa quloq organlarining jarohatiga, tomoq, burunga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. UYuCh – terapiyaning bir qancha otorinolaringologik kasalliklarga taʼsirining afzalliklari, etishish qiyin boʻlgan anatomik xususiyat bilan aloqador organlar (ponasimon boʻshliq, gʻalvirsimon labirint va boshqalar) ga bevosita taʼsir etish boʻlib hisoblanadi. UYuCh – li elektr maydonining manbai elektron – lampali generator boʻlib hisoblanadi. Bu maqsadda chiqish quvvati 15 ÷ 30 Vt boʻlgan „UYuCh – 30“ va chiqish quvvati 20 ÷ 70 Vt gacha boʻlgan „UYuCh – 60“ apparatlari foydalaniladi. Maydon taʼsirlari masofali uslub asosida, diametrlari 36 va 60 mm boʻlgan kondensatorli plastinkalar yordamida amalga oshiriladi. Kondensator plastinkalari tana yuzasiga parallel holda 0,5 ÷ 6 sm havo oraligʻi bilan oʻrnatiladi. UYuCh – li elektr maydonining taʼsiri apparatni chiqish quvvati va mijozni issiqlik sezishiga qarab dozalanadi: I doza – issiqlik his etmasdan, chiqish quvvati 15 ÷ 20 Vt; II doza – issiqlikni engil his etish, apparatni chiqish quvvati 20 ÷ 30 Vt; III doza – hisoblangan (belgilangan) issiqlik, chiqish quvvati 30 ÷ 40 Vt; IV doza – koʻrsatilgan issiqlik hissi, chiqish quvvati 40 ÷ 70 Vt. Davolash tadbirining davomiyligi, jarayonning lokalizatsiyasi va kasallikning formasiga bogʻliq.

Tibbiy maqsadlarda foydalanish Nisbatan yuqori quvvatli ultratovush toshli konlarni yoki toʻqimalarni parchalashi, maqsadli hududda dori taʼsirini tezlashtirishi, toʻqimalarning elastik xususiyatlarini oʻlchashda yordam berishi va tadqiqot uchun hujayralar yoki kichik zarrachalarni saralash uchun ishlatilishi mumkin.

Fokuslangan yuqori energiyali ultratovush impulslari buyrak toshlari va oʻt pufagi toshlari kabi toshlarni tanadan ortiqcha qiyinchiliksiz oʻtish uchun etarlicha kichik boʻlaklarga ajratish uchun ishlatilishi mumkin, bu jarayon litotripsi deb nomlanadi. Fokuslangan ultratovush manbalari fakoemulsifikasyon bilan kataraktni davolash uchun ishlatilishi mumkin. Ultratovush oʻsmalarni yoki boshqa toʻqimalarni invaziv boʻlmagan holda yoʻq qilishi mumkin. Bu fokuslangan ultratovush jarrohligi (FUS jarrohligi) deb ham ataladigan yuqori intensivlikdagi fokuslangan ultratovush (HIFU) deb nomlanuvchi usul yordamida amalga oshiriladi. Ushbu protsedura tibbiy diagnostik ultratovushga qaraganda odatda past chastotalardan foydalanadi (250–2000). kHz), lekin oʻrtacha vaqt intensivligi sezilarli darajada yuqori. Davolash koʻpincha magnit-rezonans tomografiya (MRI) tomonidan boshqariladi; keyin kombinatsiya Magnit rezonansga asoslangan ultratovush (MRgFUS) deb ataladi.

right|thumb| Dori- darmonlarni akustik maqsadli etkazib berish (ATDD) yordamida kuchaytirilgan dori qabul qilish.

Miya saratoni hujayralariga kimyoterapiya va boshqa toʻqimalarga turli dorilarni etkazib berish akustik maqsadli dori etkazib berish (ATDD) deb ataladi. Ushbu protseduralar odatda yuqori chastotali ultratovushdan foydalanadi (1-10 MHz) va intensivlik oraligʻi (0-20 Vt / sm 2). Akustik energiya uning matritsasini qoʻzgʻatish va uni terapevtik preparatlar uchun koʻproq oʻtkazuvchan qilish uchun qiziqish toʻqimalariga qaratilgan. Ultratovush lipozomalar, polimer mikrosferalar va oʻz-oʻzidan yigʻilgan polimerlarni oʻz ichiga olgan vektorlardan saratonga qarshi dori-darmonlarni chiqarishni boshlash uchun ishlatilgan. Mo S, Coussios CC, Seymour L, Carlisle R (December 2012). „Ultrasound-enhanced drug delivery for cancer“. Expert Opinion on Drug Delivery. 9 (12): 1525–1538. doi:10.1517/17425247.2012.739603. PMID 23121385. S2CID 31178343. Ultratovush tekshiruvi varikoz tomirlarini jarrohliksiz davolash uchun ultratovushli skleroterapiya va endovenoz lazer bilan davolash muolajalari uchun zarurdir. Ultratovush yordamida lipektomiya – bu ultratovush yordamida liposaktsiya . Fonoforez yumshoq toʻqimalarni davolashning bir turi boʻlib, u ultratovush yordamida dori jellari bilan birgalikda foydalanishni oʻz ichiga oladi va shikastlangan hududga dori etkazib berishni yaxshilash uchun ultratovush toʻlqinlaridan foydalanadi.