Remzi Kerimovich Burnash (; 1920-yil 17-iyun, UkrainaSimferopol uyezdi Tav-Dayir qishlogʻi — 1982-yil 10-may, Namangan viloyati, Haqqulobod) — sovet qrimtatar shoiri va oʻqituvchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Biografiyasi Rezmi Burnash 1920-yil 17-iyunda Simferopol uyezdi Tav-Dayir qishlogʻida tavallud topgan.

Dastlab Simferopoldagi 13-sonli qrim-tatar namunali maktabida tahsil olgan. Keyinchalik, 1938-yilda Yalta pedagogika texnikumini tugatgan, shundan so‘ng maktab o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yurita boshlagan. 1930-yillardan boshlab uning adabiy asarlari turli matbuotlarda nashr etila boshlangan.

Remzi Burnash 1939-yilda Simferopol tumani harbiy komissarligidan Qizil Armiya safiga chaqirtirilgan. Leningrad jangi qoʻshinlari tarkibida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, jang davomida uch marta yaralangan. Urush davomida Remzi Burnash 367-alohida armiya muhandislik batalyonida va 175-Luj muhandis-sapyorlar batalyonida kimyoviy boʻlim boshligʻi boʻlib xizmat qilgan. Janglarda koʻrsatgan jasorati va qahramoligi uchun leytenant unvonini bilan taqdirlangan. Shuningdek, „Leningrad mudofaasi uchun“ medali va Qizil Yulduz ordeni bilan ham taqdirlangan.

Urush tugagach, qrimtatarlarning deportatsiya qilinishi natijasida Oʻzbekiston SSR Namangan viloyatining Haqqulobod qishlogʻiga kelgan va Namangandagi maktablardan birida oʻqituvchi boʻlib faoliyat olib borgan. 1956-yilda Saratov universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Remzi Burnash „Doğmuşlar“ („Qarindoshlar“, 1964), „Mavı sailler“ („Moviy qirg‘oqlar“, 1966), „Oktâbr yolunen“ („Aziz oktyabr“, 1968) kabi bir qancha sheʼrlari turli to‘plamlarda nashr etilgan. Remzi Burnash, shuningdek, „Yürek sırları“ („Yurak qo‘shiqlari“, 1970), „Edep çoqrağı“ („Eʼzoz bulog‘i“, 1975), „Mayıs sabası“ („May tongi“, 1981) „Saylama eserler“ („Tanlangan asarlar“, 1994) kabi koʻplab sheʼriy to‘plamlari muallifi hisoblanadi.

Remzi Kerimovich Burnash 1982-yilning 10-may sanasida Namangan viloyati Haqqulobod qishlogʻida vafot etgan.

Mukofotlari

„Leningrad mudofaasi uchun“ medali (1943-yil 11-iyun); Qizil Yulduz ordeni (1944-yil 24-iyun).

Adabiyotlar

Ablyalimov M. Oja ve shair // Yildiz. 1980-yil. 3-son Shemy-zade E. Remzi Burnashnyn yany manzumeler el’yazmasi akkunda bazi bir kaydlar // Edebiy vetenkidy makaaleler, 2000 Fazyl R., Nagaev S. Kyrymtatar edebiyatyn tarixi: qiska bir nazar. 2001-yil

Manbalar

Havolalar

gasprinskylibrary.ru Shoir, maarifchi, „Sakavlanma, hey, kadai“ shiirning muellifi — Ramzi Burnash Namly shair, oja ve dzhenkchi (Remzi Burnashnyn dogganyna 100 yil oldy) Turkum:Qrim-tatar shoirlar Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:10-mayda vafot etganlar Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyunda tugʻilganlar Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari