Arsen Yudilyevich Naydyonov (ruscha: Arseniy Yudilevich Rozman; 1941-yil 12-avgust — 2010-yil 7-iyun) — sovet futbolchisi, yarim himoyachi, RSFSR (Rossiya Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi) da xizmat koʻrsatgan murabbiy (1991).
Kiyevning CSKA, „Arsenal“ va „Dinamo“, shuningdek, maʼlum muddat davomida O‘zbekistonning „Andijon“ va Tallinning „Dinamo“ klublari safida to‘p surgan.
SSSR quyi ligalarida o‘ndan ortiq jamoalarga ustozlik qilgan. Naydyonovning murabbiylik faoliyatidagi eng katta yutugʻi Sochining „Jemchujina“ futbol klubiga murabbiylik qilgan davrlari bilan bilan bogʻliq.
Biografiyasi Pasport maʼlumotlariga koʻra uning tugʻilgan yeri Olmaota deb koʻrsatilgan. Naydyonovning otasi urush davrida frontga chaqiriladi, ota-onasi yashagan Kiyev shahri esa nemis askarlari tomonidan bosib olinadi. Dushmandan saqlanish uchun Qozogʻistonga evakuatsiya qilinayotganlar ichida uning onasi ham boʻladi. Naydyonov esa evakuatsiya vaqtida Xarkov va Poltava oʻrtasidagi poyezdda tugʻiladi.
Sportchilik faoliyati 1943-yilda Naydyonov onasi bilan Kiyevga qaytib keladi, u yerda oilasi bilan istiqomat qiladigan kichik hovlida Naydyonov futbol oʻynashga juda qiziqardi va shu sabbli oradan biroz vaqt oʻtib, futbol bilan muntazam ravishda sport klubida shugʻullana boshlaydi. Kiyevning bir nechta klublari safida, shuningdek, Oʻzbekistonning „Andijon“ va Tallin jamoalarida oʻng qanot yarim himoyachisi sifatida oʻyin olib borgan.
Maydonda olgan jarohati tufayli Naydyonov Konotop shahrida futbolchilik faoliyatini erta tugatishga majbur boʻladi va Kiyevdagi sport universitetlaridan biriga oʻqishga kiradi.
Murabbiylik faoliyati thumb| Arsen Naydyonov „Jemchujina-A“ FK futbolchilari bilan, 2007-yil 2005-yilda Naydyonov Rossiya jamoasini Turkiyada talabalar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida oltin medalgaNaydenov stal trenerom studencheskoy sbornoy Газета.ру, 5 maya 2005 va Janubiy Rossiya davlat iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish universiteti jamoasini Rossiya chempionatining eng yuqori mukofotlariga erishishiga munosib hissa qoʻshadiStudenti iz goroda Shaxti stali chempionami Rossii po futbolu. Exo Rostova, 21 oktabrya 2005. Oʻsha yili futbolchi Rostovning SKA sport direktori boʻlgan va iyun oyida uning oʻrniga jamoa bosh murabbiyi etib Yevgeniy Perevertaylo tayinlangan.
Vafoti Arsen Naydyonov 2010-yil 7-iyunida uzoq davom etgan xatalikdan soʻng Sochida vafot etadi.
Oilasi Naydyonov oila qurganidan soʻng, yahudiy familiyasi uning mehnat faoliyatiga salbiy koʻrsatishi mumkinligi sababli tugʻilgandagi familiyasi (Rozman)ni xotinining familiyasi (Naydyonov)ga oʻzgartiradi.
Manbalar
Havolalar
Arsen Naydenov: "Ovchinnikov hech qachon oʻyinni sotmaydi. lekin sotib olish — ehtimol "(1-qism) Arsen Naydenov: "Ovchinnikov hech qachon oʻyinni sotmaydi. lekin sotib olish — ehtimol "(2-qism)
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari