Iqboljon Baxodirjon oʻgʻli Xoldorov (; 1997-yil, Andijon, Oʻzbekiston) – oʻzbek bokschisi.

Faoliyati

Osiyo chempionati 2017 Iqboljon 2017-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi. U yarim finalda Oʻzbekistonning boksdagi raqobatchisi Qozogʻistonlik Bekdavlat Ibrohimov qarshi ringga chiqdi. Jang ancha murosasiz ruhda boʻlib ochkolar boʻyicha Xoldorxonov gʻalaba qozondi. Finalda esa Mogʻulistonlik bokschi Battarsux Chinzorig qarshi rinnga chiqdi. Jang davomida katta ustinlikka erishgan xolda yakunda Iqboljon raqiini magʻlub etdi va Osiyo chempioniga aylandi. Bu Iqboljonning xalqaro darjadagi ilk katta yutugʻi edi.

Jahon chempionati 2017 Shu tariqa 2017-yili Gamburgda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. U yerda, ilk jangida kolumbiyalik bokschi Jon Gutierrezni ochkolar hisobidan 5:0 hisobida magʻlub etdi. Chorak finalda Xoldorov asosiy favorit hisoblangan nemis-arman bokschisi Artem Xarutyunyan bilan uchrashdi. Ammo oʻzbekistonlik bokschi bu jangda barchani hayratda qoldirdi va hakamlarning bahosiga koʻra 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Xoldorov bu jangda raqibiga nisbatan odatdagidan faolroq va koʻproq zarba berdi. Iqboljon jang davomida kuchli zarbasi bilan Harutyunyanni bir marta yerga yiqitgan xolda nokdaun xolatiga tushirdi. Yarim finalda Xoldorov amerikalik boks ustasi Freydis Roxasga qarshi jang qildi va ochkolar boʻyicha yaqqol gʻalaba qozondi. Finalda esa Kubalik mahoratli bokschi Endi Kruz Gomesga magʻlub boʻldi va kumush medal egasiga aylandi.

Osiyo oʻyinlari 2018 Iqboljonning muvaffaqiyatli yurishlari navbatdagi yilda ham davom etdi. 2018-yil Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlari turnirida ham finalgacha yetib borishga erishdi. U bu yoʻlda bir qator kuchli raqiblarni magʻlub etdi. Finalda esa moʻgʻulistonlik Batarsuk Chinzorigga qarshi ringga koʻtarilib, raqibini magʻlub etdi va Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi.

Professional boks U professional boksdagi ilk debyutini 2021-yil 3-aprelda „Humo“ sport arenasida oʻtkazgan. Ringda tanzaniyalik bokschi Kulva Bushiriga qarshi jang olib bordi. Debyut muvaffaqiyatli boʻlib, 2-raundayoq raqaibini nokautga uchratdi. Bugungi kunda professional boksda 5 ta jang oʻtkazib (3 ta nokaut) barchasida gʻalaba qozongan.

Yutuqlari

Osiyo chempioni 2017: Chempion Osiyo oʻyinlari chempioni: 2018: Chempion Jahon chemionati 2017: Ikkinchi oʻrin

Manbalar

Havolalar Iqboljon Xoldorov, BoxRec 29 Osiyo chempionati Oʻzbekiston sport majmuasi, Toshkent, Oʻzbekiston, 2017 yil 30 aprel – 7 may 19 Jahon chempionati Alsterdorfer sport zali, Gamburg, Germaniya, 2017 yil 25 avgust – 2 sentyabr Nomzod Arutyunyan chiqdi Iqboljon XoldorovInstagram Iqboljon xoldorovFacebook

Turkum:Oʻzbekiston bokschilari Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari