Tukayev Rifkat Galimjon oʻgʻli (1923-yil 10-oktyabr – 1995-yil 19-iyun) – oʻqituvchi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, kuzatuv boʻlinmasi komandiri, serjant. Shuhrat ordeni sohibi. 1975-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi. 1984-yilda SSSR taʼlim aʼlochisi.

Biografiyasi Rifkat Tukayev 1923-yil 10-oktyabrda Boshqird ASSR Bure viloyatining Nijne Karish qishlogʻida tavallud topgan.

1929-yildan Andijon shahrida yashaygan. 1940-yildan O‘zbekiston SSR Surxondaryo viloyatidagi maktabda rus tilidan dars bergan.

1942-yil iyun oyidan Qizil Armiya saflarida xizmat qilgan va 1-Moskva piyoda-pulemyot maktabida tahsil olgan.

1945-yilda demobilizatsiya qilingan va Andijonga qaytgan. 1962-yilda Toshkent pedagogika institutini tamomlagan. Andijonda oʻqituvchilarni malakasini oshirish instituti harbiy-metodik kabinet mudiri lavozimida ishlaydi. 1968-yildan isteʼfoga chiqadi.

Rifkat Tukayev 1995-yil 19-iyunda Andijon shahrida vafot etgan.

Mukofotlari

1-darajali Vatan urushi ordeni 1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni (1958-yil 26-noyabr) 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni (1944-yil 22-avgust) 3-darajali „Shon-sharaf“ ordeni (1944-yil 18-mart) Qizil yulduz ordeni (1945-yil) Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1975-yil) SSSR taʼlim aʼlochisi (1984-yil)

Manbalar

Havolalar

Tukayev Rifkat Galimzyanovich // Shon-sharaf ordenining toʻliq ritsarlari: qisqacha biografik lugʻat Turkum:10-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:19-iyunda vafot etganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari