Rafis Sagitovich Gilmanov (1963-yil 4-avgustda tugʻilganhttp://footballfacts.ru/person/25431 ) — sovet va turkman futbolchisi va murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan Qozonning „Rubin“ jamoasida klub maʼmuri sifatida faoliyat yuritgan.

Biografiya Rafis 1983-yilgi mavsumda Ashxobodning „Lokomotiv“ havaskorlar jamoasi safida boshlagan. Mavsumning ikkinchi yarmida Turkmaniston SSRning bayroqdor jamoasi, „Kolxozchi“ (hozirda Kopetdag nomi ostida faoliyat yuritadi) Ashxobod klubi bilan shartnoma imzoladi. Ashxobodliklar jamoasi safida SSSR ikkinchi futbol ligasida 2 mavsum davomida toʻp surdi. 1985-yilgi mavsumda SSSR birinchi ligasida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston SSRning „Zvezda“ Jizzax jamoasi safiga oʻtdi. Jizzaxliklar jamoasi tarkibida bir mavsum davomida harakat qilib 29 ta oʻyinda 3 ta gol kiritdi. 1986-yilgi mavsumda „Kolxozchi“ jamoasiga qaytdi va uch mavsum davomida klub sharafini himoya qildi. 1990-yilgi mavsum avvalida yana Oʻzbekiston SSR jamoasiga, bu safar Namanganning „Navbahor“ klubi safiga borib qoʻshildi. „Navbahor“ jamoasi 1990-yilgi mavsumda SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surib yakunda SSSR Birinchi ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Rafis Namangan jamoasining bu yutugʻiga 41 ta oʻyinda 7 ta goli bilan hissa qoʻshdi. 1991-yilgi mavsumda yana „Kopetdag“ jamoasi safiga qaytdi va faoliyatini yakuniga qadar Ashxobod jamoasi tarkibida toʻp surdi.

Milliy terma jamoa Turkmaniston terma jamoasi safida 1992-yilda Markaziy Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan. U ilk debyut uchrashuvini 1992-yil 1-iyun kuni Qozogʻiston jamoasiga qarshi o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.

2003-yildan Qozonning „Rubin“ klubida avval zaxira menejeri, keyin esa asosiy jamoa maʼmuri (2006-yildan) sifatida ishlagan.

Statistika Mavsum Klub Liga Chempionat Oʻyinlar Gollar 1982 Kolxozchi Ikkinchi liga ? ? 1983 Kolxozchi Ikkinchi liga 9 0 1984 Kolxozchi Ikkinchi liga 31 6 1985 Yulduz (Jizzax) Birinchi liga 29 3 1986 Kopetdag Ikkinchi liga 22 7 1987 Kopetdag Ikkinchi liga 25 9 1988 Kopetdag Ikkinchi liga 33 16 1989 Kopetdag Ikkinchi liga 25 9 1990 Navbahor Ikkinchi liga 41 7 1991 Kopetdag Ikkinchi liga 36 10 1992 Kopetdag Oliy liga ? ? 1993 Kopetdag Oliy liga ? ? 1994 Kopetdag Oliy liga ? ? 1995 Kopetdag Oliy liga ? ?

Yutuqlar

Kopetdag futbolchisi sifatida Turkmanistonning koʻp karra chempioni (1992-1995). Turkmaniston kubogi sohibi: 1993

Manbalar

Havolalar

Rubin veb-saytidagi profil Profil FootballFacts.ru saytidagi

Turkum:4-avgustda tugʻilganlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Ashxobod klubi futbolchilari Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari