Shuhrat Ahmadjonovich Mamajonov (1970-yil 16-martda tugʻilgan) – sovet va tojikistonlik sobiq futbolchi. Hozirda bolalar futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
Biografiya Shuhrat juda yosh vaqtidan, 9 yoshidan futbol oʻynay boshlagan. Bolalar oʻsmirlar maktabidagi birinchi murabbiyi Stepan Konstantinovich Burlachko edi. 1982-yilda „Xosilot“ jamoasi yoshlar jamoasiga murabbiy sifatida Burlachkoni klubga taklif qilishdi. Burchalko Dushanbe shahar chempionatida ishtirok etish uchun iqtidorli bolalarni jamoaga taklif etdi. Shuhrat ham ular safida bor edi.
1989-yil mart oyida „Xosilot“ jamoasidan „Pomir“ oʻrinbosarlar jamoasiga qabul qilingan. 1990-yildan esa asosiy jamoa bazasiga oʻtkazildi. Asosiy jamoada birinchi bor 1990-yil 20-aprelda „Pomir“ safida Volgogradning „Rotor“ jamoasiga qarshi safarda maydongga tushgan. Debyut oʻyini omadsiz kechdi va „Pomir“ jamoasi safardagi oʻyinda 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Shuhrat „Pomir“ klubi safida SSSR chempionatlarida jami 27 oʻyin oʻtkazgan.
1990-yillarning birinchi yarmida mustaqil Tojikiston chempionatida „Pomir“ jamoasi safida oʻynashni davom ettirdi. Shu bilan birga, Tojikiston terma jamoaning bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydongga tushgan.
1995-yildan Oʻzbekiston Oliy ligasida Namanganning „Navbahor“, Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“, Toshkentning MHSK, Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan.
2003-yilda „Nasaf“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. Shu yilning oʻzida maʼlum vaqt bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlagan. Hozirda u Moskvadagi bolalar oʻsmirlar sport makatabida futbol boʻyicha bolalar murabbiyi boʻlib ishlaydiShuxrat Mamadjanov: "Na igru s „Dneprom“ prishlos letet bez formi".
Yutuqlar
Tojikiston chempioni 1992 Oʻzbekiston chempioni: 1997 Tojikiston kubogi sohibi: 1992
Shaxsiy hayot Oila qurgan. Aziza ismli qizi bor (1995-yilda tugʻilgan) Aziza badiiy gimnastika bilan professional shugʻillanadi. Badiiy gimnastika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni. Oʻgʻli Azamat „Paxtakor“ futbol jamoasi va Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisida oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
Shuhrat Mamajonov Shuhrat Mamajonov Footballfakts saytida
Turkum:16-martda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FC Chornomorets Odesa futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Nasaf futbol klubi murabbiylari