Eduard Eduardovich Pavlov (; 1965-yil 9-avgustda Lugansk shahrida tugʻilgan) — sovet futbolchisi va ukrainalik futbol murabbiy.

Faoliyati

Futbolchilik faoliyati Kiyev futbol maktabining tarbiyalanuvchisi. Eduarning birinchi murabbiy Vyacheslav Semyonov hisoblanadi. Futbolchilik faoliyatida himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Katta futbolga kirib kelishidan avval Dinamo bolalar jamoasida toʻps srugan. Faoliyati davomida Metallurg (Dneprodzerjinsk), SKA (Odessa), Shaxtyor (Pavlograd), „Zorya“ Lugansk, „Xazar“ (Lenkoran, Ozarbayjon), Kasansayets (Kosonsoy, Oʻzbekiston), „Gruiec“ (Gruiec, Polsha) jamoalarida toʻp surgan. 1991-yil Kosonsoy jamoasi tarkibida SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surdi. Faoliyatini 1992-yil Polsha jamoasi tarkibida yakunladi.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylar maktabida oʻqidi va murabbiylik faoliyatini boshladi. Murabbiylik faoliyatini dastlab bolalar va oʻsmirlar jamolarida, DYUSSH „Dinamo“, RVUFK U-16, „Eurobis“, „Arsenal“ (barchasi — Kiev), Ukrainaning „U-15“ yoshlar jamoasida ishladi. Uning jamoalaridan bir qator taniqli futbolchilar yetishib chiqdi. 2005-yildan Professional jamoalarda, jumladan, „Nafkom“ Brovary, „Knyazha“Levchenko stal glavnim v Knyajey, „Knyazha-2“ (Baxtli), „Niva“ Ternopil, „Stal“ Dneprodzerjinsk, „Ingulets“ Petrovo, „Yerevan“, „Arsenal U-19“ Kiev, Lvov FK jamoalarida faoliyat olib bordi. Eduard bugungi kunda UEFA PRO litsenziyasiga egaPavlov Eduard Eduardovich. Murabbiylik tajribasi 22 yildan ortiq.

2021-yil noyabr oyida „Nikolayev“ jamoasida bosh murabbiylikdan boʻshatilgan Sergey Shevchenkoni oʻrniga bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladiEduard Pavlov zamenil Sergeya Shevchenko vo glave MFK Nikolaev. Jamoadagi faoliyatini boshlagan davrida klubda Koronavirus bilan kasallangan futbolchilar koʻpligi sababli bir qator oʻyinlari qoldirildi. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqini natijasida maʼlum vaqtga musoboqalarda ishtirok etmasligini maʼlum qildi.

Manbalar

Havolalar

„Niva“ (Ternopol) rasmiy veb-saytidagi maʼlumotlar CLISF veb-saytida ishlash statistikasi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:FC Stal Kamianske futbolchilari Turkum:Xazar Lankaran FK futbolchilari Turkum:SC Odesa futbolchilari Turkum:Polonia Varshava futbolchilari Turkum:FC Zorya Lugansk futbolchilari Turkum:FC Kosmos Pavlohrad futbolchilari Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar