Mirpo'stin ota jome masjidi — Andijon viloyatining Andijon shahri Mirpo'stin mahallasi Maybog'cha ko'chasida joylashgan shu nomli masjid va ziyoratgoh.
Ziyoratgoh tarixi Ushbu masjidda joylashgan ziyoratgohga Xo'ja Ahror Valiyning izdoshlaridan biri bo'lgan, XVI asrda yashab o'tgan hazrat Hisomiddin (Asomiddin ham deyiladi) avliyo ya'ni Mirpo'stin ota dafn etilgan. Rivoyat Rivoyatlarga ko'ra, Xo'ja Hisomiddin doim bir po'stinda yurganligi uchun el-yurt orasida "Birpo'stinli ota" nomi bilan tanilgan. Keyinchalik, oradan yillar o'tishi bilan uning nomi "Mirpo'stin" shaklida talqin etila boshlanganBaxtiyor Eraliyev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov.. O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. Andijon va Namangan viloyatlari / Ikkinchi kitob (O'zbek tilida), 2014 32-bet. Biroq ayrim ma'lumotlarga asosan hazrat Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) xonadonlariga mansub sayyidlar avlodidan bo'lganligi uchun ularning ismiga "Mir" so'zi qo'shilgan bo'lishi mumkinMajzub Namangoniyning "Tazkirat ul-avliyo" asaridan. Masjid arxitekturasi Masjidning to'g'ri burchakli ustunli xonasi uch tomonli ayvon bilan mutanosib qurilgan. Xom g'ishtdan ishlangan qo'sh sinchli binoning poydevori sifatida terilgan. Ustunli, to'sinli konstruksiya masjid tomini tekkis bo'lishiga xizmat qilganhttps://www.youtube.com/watch?v=MAS1VMKifzA. Manbalar
Havolalar Mirpo'stin ota jome masjidi ko'rinishi Mirpo'stin ota jome masjidida taroveh namozi
Turkum: Andijon
Turkum: Jom'e masjid
Turkum: Islom
Turkum: Mirpo'stin ota