Yuriy Alekseyevich Mentyukov (1962-yil 7-fevral, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi, asosiy oʻyinlarini Moskvaning „Dinamo“ jamoasi safida olib borgan. Futbol boʻyicha SSSR kubogi sovrindori, sport ustasi.

Biografiyasi Yuriy Alekseyevich Mentyukov 1962-yilning 7-fevralida Moskva shahrida tavalud topgan.

Futbolchilik faoliyati Yuriy Mentyukov 10 yoshidan boshlab Moskvaning „Dinamo“ sport maktabida futbol bilan shugʻullana boshlagan. Uning ushbu jamoadagi birinchi murabbiyi V. P. Kesarev boʻlgan. Sport faoliyatining dastlabki yillarida Mentyukov oʻzining tezligi va oʻyin uslubi bilan unchalik koʻzga koʻringan sportchilardan boʻlmagan boʻlsa-da, biroq oʻyinni yaxshi kuzatishi, tahlil qilishi, qaror qabul qilishda shoshqaloqlik qilmasligi va oʻyinning eng kerakli joyida oʻzini koʻrsatishi bilan murabbiylar eʼtiborini tortgan.

1980-yil 21-noyabrda „Dinamo“ klubining asosiy jamoasi safida Mentyukov oʻzining ilk oʻyinni oʻtkazadi. Futbolchi „Dinamo“ safida jami 107 ta oʻyin oʻtkazib, umumiy hisobda 5 ta gol urishga muvaffaq boʻladi (SSSR chempionatida jami 93 ta oʻyin, 3 ta gol). 1984-yilda klub SSSR kubogini qoʻlga kiritadi. Aynan shu yilda Mentyukov ikki marta oyogʻidan jiddiy jarohat oladi va vaqtincha oʻyinlarda ishtirok etmaydi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, yana oʻyinlarni boshlab yuboradi va ikkinchi liga bahslarida ishtirok etadi.

1989—1990-yillarda Mentyukov Andijonning „Spartak“ (Oʻzbekiston) klubi safida toʻp suradi.

Murabbiylik faoliyati 1994-yilda Yuriy Mentyukov „Vympel Ribinsk“ jamoasi murabbiyi sifatida faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik, Moskvadagi Krasnogvardeets oʻsmirlar sport maktabi hamda Chertanovo oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi boʻlib ishlaydi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, „Dinamo SDYUSSHOR“ klubi Mentyukovni murabbiylikka taklif qiladi va bir muddat oʻsha yerda futbolchilarga murabbiylik qiladi.

2007-yilga kelib Mentyukov „Dinamo“ klubining zaxira jamoasiga futboldan saboq bera boshlaydi.

Hozirda FC FSM klubida faoliyat olib bormoqda.

Yutuqlari

SSSR kubogi gʻolibi (1984)

Manbalar

Havolalar

„Dinamo“ futbol maktabining tarixi. 1962 yilda tugʻilgan jamoa (mavjud havola) Ishlash statistikasi. footbook.ru

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Arsenal Tula futbolchilari Turkum:FC Torgmash futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:FK Prometey Lyubertsi futbolchilari Turkum:FC Ribinsk futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:FK Krasnogvardeets futbolchilari