Vyacheslav Nikolayevich Popov (1962-yil 17-fevralda tugʻilgan, Kuybishev, RSFSR, SSSR) — sovet va rus futbolchisi. Himoyachi sifatida oʻynagan.
Havolalar Vyacheslav Popov „Vosxod“ (Kuybishev) yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Proffesional darajadagi faoliyatini 1979-yilda SSSR chempionatining Ikkinchi ligasida Sizranning „Turbina“ jamoasida bosghlagan. 1980-yilda u Kuybishevning „Krilya Sovetov“ klubida oʻynay boshladi va bu jamoada 9 mavsumni oʻtkazdi. Krilya Sovetov jamoasidagi 9 mavsumning 3 tasi SSSR Birinchi Ligasi va 6 tasini Ikkinchi ligasida oʻtkazgan. 1989—1991-yillarda Markaziy Osiyoning „Navbahor“ va „Alga“ klublari safida ham ikkinchi ligada ishtirok etgan. 1989-yilgi mavsumda Oʻzbekiston SSRning „Navbahor“ jamoasi safida toʻp surgan futbolchi 38 ta oʻyinda 15 ta gol urgan va bu uning uchun faoliyatidagi eng yaxshi natija boʻlgan.
1992-yilda Popov Rossiyaning „Uralmash“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U Rossiya chempionatidagi debyutini 29-mart kuni Fakelga qarshi 1-tur uchrashuvida oʻtkazdi. Oʻsha yilning 22-aprel kuni u faoliyatidagi yagona golini Premyer-ligadagi tur oʻyinida SSKA jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan. „Uralmash“ klubi tarkibida oliy ligada jami 17 ta o‘yin o‘tkazgan. 1993-yilda u Samaraga qaytib keldi. Keyinchalik u SKD (ikkinchi ligada), „Neftyanik“ (Poxvistnevo) (uchinchi ligada) va Vengriyaning „Szegedi EAC“ klublarida oʻynagan. U 1994-yilda „Neftyanik“ (Poxvistnevo) jamoasida faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlar
Krilya Sovetov
Ikkinchi liga gʻolibi (3): 1983 (2-chi zona), 1984 (2-mintaqa), 1986 (2-mintaqa) Ikkinchi ligada uchinchi oʻrin (1): 1988 (2-mintaqa)
Navbahor
Ikkinchi ligada 2-oʻrin sohibi (2): 1989 (7-mintaqa), 1990 (Sharqiy zona)
Alga
Ikkinchi ligada uchinchi oʻrin (1): 1991 (Sharqiy zona)
Manbalar
Havolalar
Vyacheslav Popov FootballFacts.ru saytidagi profil
Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:Samarada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:FC Neftyanik Buguruslan futbolchilari Turkum:Szeged LC futbolchilari Turkum:FC SKD futbolchilari Turkum:FK Turbina Syzran futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar