Sergey Rusetskiy ( ; ; 1989-yil 8-martda tugʻilgan) — belaruslik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. 2020-yildan Minskning Zorka-BDU ayollar klubi bosh murabbiyi.
Faoliyati Rusetskiy oʻz faoliyatini 3-ligadagi „Zvezda-BGU Minsk“ jamoasida oʻynashdan boshlagan. 2008-yil boshida Chexiyaning FK Banik Most jamoasiga oʻtdi.
2008-yildan 2011-yilgacha Chexiyaning ikkinchi divizioni ishtirokchisi hisoblangan „FK Banik Most“ klubi futbolchisi boʻlgan. 2009-yilda „Chomutov“ga ijaraga berilgan. 2012-yilda „Zvezda-BGU Minsk“ klubiga qaytdi. Oʻsha yili ijara asosida Shvetsiyaning „Brage“ futbol klubida oʻynadi.
2013-yil boshida u yana „Zvezda-BGU Minsk“ klubiga qaytdi. Lekin yozda jarohati tufayli jamoani tark etdi.
2014-yilning avgust oyida „Dnepr Mogilev“ klubi futbolchisiga aylandi. 2015-yildan boshlab Rusetskiy yana Zvezda-BGU Minskda oʻynay boshladi. 2016-yilgi mavsumning aksariyat qismini jarohati sababli oʻtkazib yubordi.
2018-yilning birinchi qismida „Buxoro“ safida toʻp surgan. Ulugʻbek Baqoyev qoʻl ostidagi jamoa safiga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan. 2018-yilning 2-mart kunida Buxoro klubi Buxoro viloyatidagi musiqali drama teatrida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini oʻtkazgan va shu marosim davomida Sergey Rusetskiyga 89-raqamli futbolka topshirilgan. Iyul oyida Rusetskiy Belarusga qaytib, „Smolevichi“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yilning yanvarida „NFK Minsk“ klubiga oʻtdi va avgust oyida jamoani tark etdi.
Umumiy hisobda Rusetskiy Belarus Premier-ligasida 21ta oʻyin oʻtkazgan.
Manbalar
Havolalar
Sergey Rusetskiyning FootballFacts.ru saytidagi profili (ruscha) Sergey Rusetskiy „Soccerway“ saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:FK Baník Most 1909 futbolchilari Turkum:IK Brage futbolchilari Turkum:FC Minsk futbolchilari Turkum:FC Dnepr Mogilev futbolchilari Turkum:FC Smolevichi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Krumkachy Minsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Belaruslik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belaruslik futbol murabbiylar