Yevgeniy Yakovlevich Urbanskiy (27-fevral, 1932-yil, Moskva, RSFSR — 5-noyabr, 1965-yil, Buxoro viloyati, OʻzSSR) — sovet teatr va kino aktyori, „Kommunistik“ va „Chistoe nebo“ filmlaridagi rollari bilan tanilgan. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1962).

Biografiyasi Moskvada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi xodimlari oilasida tugʻilgan. 1938-yilda otasi qatagʻon qilingan va Komi ASSRning Vorkuta shahri yaqinidagi lagerga yuborilgan. Onasi xalq dushmanining xotini sifatida ikki oʻgʻli bilan Olmaotaga surgun qilingan. Qozogʻistonda 1946-yilga qadar yashagan. Urush oxirida oilasi bilan Intaga koʻchishga muvaffaq boʻldi. Intlada otasi bilan yashadi, oʻrta maktabni tugatdi.

1952-yilda Moskva badiiy teatr maktabi qoshidagi aktyorlik maktabiga oʻqishga kirdi, 1957-yilda maktabni tugatgandan soʻng K. S. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatri truppasiga qabul qilindi.

Yuli Rayzmanning „Kommunist“ (1957) filmida bosh rolni ijro etgan. Debyut roli edi. Film ortidan mashhulikka erishdi. 1959-yilda „Sovet ekrani“ jurnali oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, film yilning eng yaxshi uchta filmi qatoriga kirdi.

Vafoti Urbanskiy 1965-yil 5-noyabrda „Direktor“ (rejissyor Aleksey Saltikov) filmi suratga olish maydonchasida vafot etgan. Voqea Buxorodan 40 km uzoqlikdagi qumtepaliklarda sodir boʻlgan. Kaskadyor qumdan hosil boʻlgan tramplinning oʻzgargan burchagini hisobga olishda adashdi. Mashina qumlikdan sakradi va old tomoni bilan yerga deyarli tikka urildi. Keyin esa mashina old tomoga agʻdarildiUnikalnaya naxodka na „Mosfilme“. Obnarujena kinoplyonka s zapisyu poslednix minut jizni aktyora Yevgeniya Urbanskogo. Urbanskiy olgan jarohatlaridan kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.

Goskino raisi Aleksey Romanovning buyrugʻi bilan suratga olish darhol toʻxtatildi, guruh tarqatib yuborildi. 1969-yilda rejissyor A. Saltikov „Rejissor“ni yana sahnalashtirishga ruxsat oldi.

2022-yil 23-noyabrda, oradan 57 yil o‘tib, „Mosfilm“ rahbariyati Yevgeniy Urbanskiy hayotining so‘nggi daqiqalariga oid noyob kadrlarni taqdim etdi. Eski film moʻjizaviy tarzda kinostudiya arxividan topilgan. Kadrlarda usti ochiq mashinaning qumtepalardagi balandlikdan sakrab, ag‘darilgani va natijada aktyor halok bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Moskvada Novodevichiy qabristoniga dafn etilgan. Teatrdagi rollari

1954 — „Dni Turbinix“ M. Bulgakov — Mishlaevskiy (vvod v spektakl) 1957 — „Vishnyoviy sad“ A. Chexov — Lopaxin 1957 — „Uchenik dyavola“ Dj. B. Shaw — Richard Dadjen 1958 — „Raskritoe okno“ E. Braginskogo 1959 — „Bludniy sin“ 1959 — „Takaya lyubov“ 1960 — „Perviy den svobodi“ L. Kruchkovskogo — Yan 1961 — „Sovremennaya tragediya“ 1962 — „Vsyo tolko nachinaetsya“ 3. Stavskogo 1962 — „Seylemskie vedmi“ A. Millera — Djon Proktor 1963 — „Tryoxgroshovaya opera“ B. Brext — Pichem 1963 — „Paluba“ L. Zorina, rejissyor: M. Karklyalis 1964 — „Materinskoe pole“ po Ch. Aytmatov, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin 1964 — „Shestoe iyulya“ M. Shatrova — Latsis, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin 1965 — „Ensiklopedisti“ L. Zorina, rejissyor: B. A. Lvov-Anoxin

Filmografiyasi YilNomiRol1957filmKommunistVasiliy Gubanov1959filmBallada o soldateVasya, nogiron1959filmNeotpravlennoe pismoSergey Stepanovich, provodnik1960filmIspitatelniy srokKurichyov, UGRO nachalnigi1961filmChistoe nebolyotchik Aleksey Astaxov, Sovet Ittifoqi Qahramoni1961qisqa metrajli filmMalchik i golubishchi1961telespektaklOrlinaya stepLeonid Bagryanov1964filmBolshaya rudaViktor Pronyakin, Tamarining eri1964filmPyad zemlikapitan Aleksey Babin, batalyon komandiri1966filmTsar i generalArkadiy Pavlovich, Sovet chekisti

Mukofotlar va unvonlari

1959-yilda Kiyevdagi Butunittifoq kinofestivalida erkak roli uchun birinchi mukofot; RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1962).

Manbalar

Turkum:1965-yilda vafot etganlar Turkum:5-noyabrda vafot etganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:27-fevralda tugʻilganlar Turkum:Sovet aktyorlari