Takiye () XIII asrda tegishli tarixiy yodgorliklardan biri. Icheri-sheher bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahrida, Gazi Muhammad koʻchasida joylashgan.
Tarixi Takiye yodgorligi XIII asrda qurilgan. Bino mahalla ichida qurilgan boʻlib, masjiddan maʼlum muddat oʻrta maktab sifatida ham foydalanilgan. 1967-yilda Takiye atrofida arxeologik qazishmalar oʻtkazilgan, 1970-yillarda esa masjid qayta tiklangan.
Darveshlar maʼnaviy poklanish maqsadida bu yerda shaxsiy va ommaviy diniy marosimlarni ado etganlar. Xobaqohlar sayohatchi uchun boshpana vazifasini ham bajargan„Təkiyə“ (in Azerbaijani). www.icherisheher.az. Retrieved 6 April 2018..
Arxitekturasi Takiye yodgorligi kvadrat shaklda qurilgan boʻlib, faqatgina bir xonadan iborat. Uning jabhasi Qiz minorasi tomonga qarab turadi. Bino arxitekturasi noodatiy tuzilishga ega, shuningdek, pogʻonali gumbaz bilan qoplanishi yodgorlik ichki koʻrinishining oʻziga xosligini taʼminlaydi.
Yana qarang
Jin masjidi
Manbalar
Turkum:Bokudagi binolar Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari Turkum:Ozarbayjon meʼmorchiligi