Nursafardiya Tariqat asoschisi Saparboy Kushkarov – 1952-yili Baxmal tumanidagi Uzunbuloq qishlogʻida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Oʻzbekiston Jahon tillari institutini tamomlagan. Bir necha chet davlatlarda, jumladan, Hindiston va Tibetda safarda boʻlgan. Oʻtgan asrning oxirgi oʻn yilligida hech qanday diniy bilimga ega boʻlmagan holda va biror bir tayinli tariqat vakilidan irshod-yoʻllanma olmay turib oʻzini pir, shayx deb atay boshladi va yangi tariqat tuzganini eʼlon qildi. Agar tarixga nazar solib, tafakkur qilinsa, tasavvuf tariqatlari oʻz-oʻzidan, kimningdir ixtiyori bilan tashkil etilmagani, ularning har biri Rasululloh (a.s.)ga etadigan silsilaga ega ekani koʻrinadi. Masalan, butun islom olamiga dong taratgan naqshbandiya tariqati misolida koʻradigan boʻlsak, uning vujudga kelish va shakllanish davri Abdulxoliq Gʻijduvoniydan (1103-1179) Bahouddin Naqshbandgacha (1318-1389) deyarli 300 yilga choʻzilgan. Bundan tashqari, Naqshbandiya tariqatining shakllanishiga xizmat qilganlarning barchasi islom ilmlaridan boxabar etukulamolar boʻlgan. Nursafardiya faoliyatiga asos solgan Saparboy Kushkarov sufiylikning shakllanishi haqidagi mulohazalari hozirgi davr ilmiy asoslariga toʻgʻri kelmaydi: „Soʻfiylik tizimining paydo boʻlish davri Odam (a.s.)ning uchinchi oʻgʻli Shish (Shis) (a.s.)ga borib taqaladi. Aynan bu davrda Alloh Shishga 60 oyatlik kitob joʻnatdi. Shundan bir qismida ilohga erishish yoʻllari koʻrsatilgan boʻlib, ikkinchi qismi inson salomatligiga bagʻishlangan. Soʻfiylik insonni toʻrt darajada mukammallika erishtirib, iloh bilan toʻgʻridan-toʻgʻri munosabatda boʻlish va undan ilohiy amallarni olgan holda insonlarga xizmat qilishdir. Soʻfiylik ayrim davrlarda u yoki bu dinda boʻlishga majbur boʻlgan. Yaʼni oʻzini saqlab qolish uchun. Aslida u hech qanday din va falsafa bilan bogʻlanmagan holda oʻzi mukammal tizim sifatida paydo boʻlgan. Aynan soʻfiylik har qanday dinning rivojlanishiga va uning yoyilishiga oʻz taʼsirini oʻtkazib kelgan. Lekin ulardan ayri holda rivojlangan“, — deydi. Bu fikr tasavvuf borasidagi moʻʼtabar asarlarda bayon qilingan qarashlarning hech biriga uygʻun kelmaydi. Boz ustiga, mana shunday fikrlarni turli yoʻllar bilan xalqimiz ongiga singdirishga uriniladi. Masalan: «Tasavvufda Nursafardiyya maktabining amaliyotdagi 5 nimadur? U oʻz gʻoyalariga asoslanib, moziy tariqatlardan farqli ravishda sufiy nazariyotidan sufiy amaliyotiga qadam qoʻygan birinchi va yagona sarchashmadir. Tariqat yoʻlida oʻn toʻrt qadam Nursafardiyya maktabining asosiy mezonidir. Nursafardiyya maktabi sufiy tabobati, sufiy jang sanʼati, sufiy nafasiyoti, sufiy sheʼriyati, sufiy harakiyoti mazmun-mohiyati bilan xalq orasiga kirib bordi", — deyiladi. Nursafardiyaning Jizzax va Toshkent shaharlarida markazlari faoliyat yuritgan. Bu markazlarda sufiy nomi bilan bogʻlangan turli faoliyatlar olib borilgan. Saparboy Kushkarovga tegishli deb hisoblanadigan bir qancha risola va kitoblar nursafardiya tariqatining gʻoyaviy asosi boʻlib xizmat qiladi. Unga nisbat berilayotgan „asar“larning yozilish uslubi ham, mavzular doirasi ham yaxlit emas. Umuman mazkur kitob va risolalar bir kishi tomonidan yozilganiga ishonish qiyin. Tilshunoslik jihatidan ham bu holat yaqqol koʻzga tashlanib turishini qayd etish lozim. Shuning uchun ularni shartli ravishda muqovada koʻrsatilgan Saparboy Kushkarov qalamiga mansub, deyish mumkin: - So'fiy nafasiyoti; - Nursafardiyya olamida zikriy raqslar va xoreografiya nomli disk; - Nursafardiyya sheъriyat xazinasi; - Nursafardiyya ilohiy falsafasi; - Nursafardiyya tafakkur tarbiyasi; - So'fiy gimnastikasi; - Tanlangan asarlar; - O'zlikni anglash xiyoboni; - So'fiy sheъriyati. - Ushbu kitoblarda tariqatning hozirgi holati haqida keltirilgan maʼlumotlarning hammasi ham xolis voqelikni aks ettiradi, deb boʻlmaydi. Goʻyoki, Saparboy Kushkarovning Oʻzbekistonda 25000dan ortiq muridlari borligi, uni koʻpgina chet el davlatlarida ham yaxshi tanishlari haqidagi gaplar haddan ortiq boʻrttirib yuborilgan. Aslida, „Soʻfiy tabobati“ markazlariga shifo istab borganlarining aksariyati ham Kushkarovning „murshidligi“ toʻgʻrisida juda mavhum tasavvurga egaligi maʼlum boʻldi. Koʻpchilik uni xalqona usulda davolovchi tabib deb biladi va uning „tafakkur mahsullariga“ beeʼtibor munosabatda boʻladilar. Kushkarovga kitoblardagi gaplarni yozishda qaysi manbalarga tayanilgan, deb soʻralganda, u oʻz „asar“larini bevosita Xudodan ilhom orqali olishini aytgan. „Ilhom namunalari“ til va uslub jihatdan turlicha boʻlib, buning ustiga, koʻpchiligi mazmunan sayoz jumlalar yigʻindisidan iborat. Ayrim namunalarda islom muqaddas dinining manbalari, xususan Qurʼoni karim oyatlari notoʻgʻri, sharq yakka kurashi usullariga moslab, maʼnosi buzib talqin qilingan. Mazmunan diniy hisoblangan mazkur kitobchalarning birortasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita ekspertizasidan oʻtkazilmasdan, tegishli ruxsatnomasiz nashr etilgan. Bu esa ajdodlarimizning muqaddas dini - islomga nisbatan behurmatlik, respublika qonunlariga nisbatan bepisandlik, qonunlarni qoʻpol ravishda buzishdan boshqa narsa emas. Bu masalada nursafardiyaning faoliyatini ijobiy baholab boʻlmaydiHakim Termiziy. Navodir al-usul. — Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.Xatm al-avliyo. — Bayrut, 1965Kalobodiy, Abu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. — Qohira, 1994;Abu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. — Qohira, 1960;Hujviriy. Kashf al-mahjub. — Misr, 1974. T.N .;Shihobuddin Suhravardiy. Avorif al-maorif. — Bayrut, 1992; LisoniddinXatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. — Qohira, 1966; Muhammad Anvar Badaxshoniy. Akidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014..

Manbalar

Turkum:Tasavvuf