Buxoro neft va gaz sanoat kolleji-Buxoro viloyat hokimining 2000-yil 4-avgustdagi A-158 sonli, hamda „O‘zbekneftgaz“ Milliy Xolding Kompaniyasining 2000-yil 20-iyundagi 54-sonli qaroriga asosan Buxoro gaz sanoati texnikumi bazasida tashkil qilindi. Maydoni-10,5 gektar. Ustavi 2014-yil 5-martda Buxoro shahar hokimiyati tomonidan 355-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Tuzilishi Kollej 2013-yilda toʻliq rekonstruktsiya qilinadi. Buxoro neft va gaz sanoati kolleji 4 qavatli o‘quv-laboratoriya,4 qavatli o‘quv,1 qavatli o‘quv-amaliyot binosi, 47678 nusxa kitob fondidan iborat ARM,o‘quv poligoni, 590 o‘rinli „O‘quvchilar turar joyi“,500 o‘rinli oshxona,2 ta yopiq sport zallari, yopiq suzish havzasi, sport maydondachalari majmuasi, tennis kordidan iborat. Taʼlim muassasasida 58 ta o‘quv xonalari, 6 ta laboratoriya xonalari, 7 ta o‘quv amaliyoti laboratoriya va amaliy-mashg‘ulotlar xonasi, 5 ta ustaxona, 1 ta poligon ham mavjud. Yoʻnalishlari 1.Neft va gazni qazib olish ishlarihttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=22 2.Neft va gaz quduqlarini ekspluatasiya va qidiruv maqsadlarida burgʻilash ishlarihttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=23 3.Neft va gazni qayta ishlashhttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=24 4.Gaz-tansport uskunalarini ishlatishhttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=25 5.Neft va gaz sohasida kimyoviy tahlil ishlarihttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=26 6.Nasos va kompressor qurilmalarini ishlatishhttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=27 7.Gazni kamaytirish, hisobga olish va taqsimlash boʻyicha texnologik qurilmalarni ishlatishhttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=28 8.Avtomatika va nazorat-oʻlchash asboblari sozlovchisihttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=29 9.Elektr uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektromontyorhttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=30 10.Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari)https://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=31 11.Geofizikahttps://www.bngsk.uz/view?dt=directions&page=34

Manbalar