Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev (1962-yil 10-avgust, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor. 2025-yildan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Biografiyasi Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 1962-yil 10-avgust Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Faoliyati 1985–1986-yillar — Toshkent shahridagi 186-sonli maktab tarix fani oʻqituvchisi.

1986–1988-yillar — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi.

1989–1992-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti aspiranti.

1992-yil — Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi.

1992–1993-yillar — Toshkent davlat pedagogika instituti „Oʻzbekiston xalqlari tarixi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.

1993–1996-yillar — Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari, institut kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari.

1996–2004-yillar — Toshkent davlat pedagogika instituti (1998-yildan universitet) maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektori.

2004–2005-yillar — Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani.

2005–2009-yillar — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi.

2010–2015-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

2015–2018-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

2018–2019-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi.

2019–2021-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri

2021–2025-yillar — Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori.

2025-yil may oyidan — Namangan davlat universiteti rektori.

Ilmiy faoliyati Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 2005-yilda „Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2016-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.

Manbalar

Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Tarix fanlari doktorlari