Filip Ivanović (; 1992-yil 13-fevralda tugʻilgan) – serbiyalik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Klub faoliyati Aranjelovac shahrida tugʻilgan Ivanovich faoliyatini „Karadorje Topola“ futbol akademiyasida boshlagan. Keyinchalik „Hajduk_Beograd“ jamoasida professional faoliyatini boshladi. U yerda 2008 va 2014-yillar oraligʻida 25 oʻyin oʻtkazdi. Ayni paytda u Belgrad zonasi ligasining „Zvezdara“ jamoasi bilan oʻynab, mahalliy ligada bir necha marta sovrindorlar qatoridan oʻrin oldi. „Lokomotiva Beograd“ jamoasi safida yarim mavsum toʻp tepganidan soʻng, Ivanovich „Bezaniya“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va u yerda 2015-yilgi mavsumni oʻtkazdi. 2016-yil boshida Ivanovich „Sloga Petrovac“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Oʻsha yilning yozida klub tarqatib yuborilganidan keyin Ivanovich jamoani tark etdi. Keyinchalik u „Indija“ futbol klubida yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi. 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan Ivanovich Sportski Jurnal nashri tomonidan 2016/17-yilgi Serbiya Birinchi Ligasining enga yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tanlandi. 2017-yilning yozida Ivanovich Serbiyaning top-klubi „Radnik Surdulica“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2018-yilning 26-iyunida Ivanovich Ozarbayjon Premyer-ligasi vakili „Sabah“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi. Bir necha kundan keyin transferni Radnik Surdulica sport direktori Darko Gashich tasdiqladi. 2023-yil Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2025-yil 22-yanvarda Bahraynning „Al-Khaldiya SC“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariJamoaMavsumLigaKubokXalqaroBoshqaUmumiyDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Beograd2008-09Serbiya birinchi ligasi10———102009-10Serbiya ligasi Belgrad10———102011-12110———1102013-14120———120Umumiy250———250Bežanija2014-15Serbiya birinchi ligasi40———402015-1612020——140Umumiy16020——180Sloga Petrovac2015-16Serbiya birinchi ligasi112———112Inđija2016-1723310——243Radnik Surdulica2017-18Serbiya Superligasi31400——314Sabah2018-19Ozarbayjon Premyer-ligasi24110——251Umumiy1301040——13410

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:FK Hajduk Beograd futbolchilari Turkum:FK Zvezdara futbolchilari Turkum:FK Bežanija futbolchilari Turkum:FK Sloga Petrovac na Mlavi futbolchilari Turkum:FK Inđija futbolchilari Turkum:FK Radnik Surdulica futbolchilari Turkum:Sabah FC (Ozarbayjon) futbolchilari Turkum:KF Teuta futbolchilari Turkum:FK Radnički 1923 futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Al-Khaldiya SC futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Kategoria Superiore futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Albaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi serbiyalik muhojir sportchilar Turkum:Bahrayndagi muhojir erkak futbolchilar