Neron teatri () — Rim imperatori Neron tomonidan qurilgan xususiy teatr. Bino 2020—2023-yillarda tomonidan olib borilgan qazishma ishlari natijasida aniqlangan qoldiqlar paydo boʻlgunga qadar faqatgina adabiy manbalardan maʼlum boʻlgan.

Joylashuvi Teatr Tibr daryosining oʻng qirgʻogʻida, Ager Vaticanus banki, Katta Agrippina bogʻida (nabirasi Neronga meros boʻlib qolgan) Kaligula oʻz sirkini qurgan hududda joylashgan. Uning qoldiqlari Italiya uygʻonish davri uslubida qurilgan Palazzo Della Rovere hovlisi, Borgo, Via della Conciliazione va Borgo Santo Spirito oʻrtasidan topilgan.

Arxitekturasi Palazzo della Rovere hovlisi ostidan ikkita inshoot topilgan. Arxeologlar ayvon bilan oʻralgan ochiq hovlili binoni oʻrgana boshlashdi. Gʻishtlarida joylashgan ikki boʻlakli belgilar sababli binolar Julio-Claudian davriga tegishli deya hisoblanmoqda. Birinchi tuzilma radiusi kirish qismi, zinapoyalar va devorlarga ega boʻlgan yarim doirasimon shaklda qurilgan boʻlib, shakli bois tomoshabinlar uchun moʻljallangan teatr oʻrindiqlari bilan bino tuzilishini aniqlanishi mumkin. Binoning dekorativ apparatlar ioni orderi, yaʼni 3 ustunli kolonna qoldiqlaridan maʼlum boʻlishicha, oq rangli marmar bilan qoplangan hamda baʼzi oʻrindiqlarining ustki qismi oltin barg bilan qoplangan. Ikkinchi bino esa birinchisiga perpendikulyar boʻlib, ikkilamchi funksiyalar, jumladan, maxsus buyumlar va kiyim-kechaklarni saqlash uchun xizmat qilgan.

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Italiyadagi binolar Turkum:Rim Turkum:Teatrlar Turkum:2023-yil voqealari