Russell Dominic Peters (; 1970-yil 29-sentyabrda tugʻilgan)  — kanadalik stend-up komik, aktyor va prodyuser. 1989-yildan Torontoda komik chiqishlar qilishni boshlagan. 2008-yilda Gemini mukofotiga sazovor boʻlgan. 2013-yilda Forbes tomonidan dunyodagi eng koʻp maosh oluvchi komeklar roʻyxatida uchinchi oʻrinda qayd etilgan. Netflixning stend-up boʻyicha maxsus mukofotini olgan ilk komik. Hip-Hop Evolutiondagi (2016) prodyuseligii uchun Peabody mukofoti hamda eng yaxshi sanʼat dasturlari nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro Emmy mukofoti qoʻlga kiritgan. Hozirda Los-Anjelesda istiqomat qiladi.

Yoshligi Peters 1970-yil 29-sentyabrda Kanadaning Toronto (Ontario) shahrida Mumbay (Maxarashtra), Gʻarbiy Hindiston va Kalkutta (Gʻarbiy Bengaliya), Sharqiy Hindistondan Kanadaga koʻchib kelgan (1965-yilda), kelib chiqishi ingliz-hind millatiga mansub Eric va Maureen Peterslar oilasida tugʻilgan. Uning qarindoshlari — katta oilasi Madhya Pradesh shtatidagi Burhanpur shahrida yashaydi.

Peters katolik oilada katta boʻlgan. Menejeri — akasi Clayton"Comedian Russell Peters talks about his manager and big brother, Clayton." Toronto Star. Accessed on March 25, 2013..

Shaxsiy hayoti Peters Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida yashaydi. U yerda ikkita uyi bor. Nevada shtatining Las-Vegas vodiysi va Vaughan (Ontario) kabi joylarda ham uylari bor.

2010-yilda Russell Peters North Peel stipendiyasini taʼsis etgan. Mukofot summasi $21,000 Kanada dollari hisoblanib, qoʻshimchasiga uch yillik kollejda oʻqish harajatlarini qoplab beriladi. Stipendiya har yili Judith Nyman oʻrta maktabini (sobiq Shimoliy Peel) yuqori baholarga bitirgan va kollejda oʻqish niyati boʻlgan oʻquvchiga beriladi.

2022-yil 20-fevralda Kaliforniyaning Dana Point shahridagi Ritz Carlton mehmonxonasida Ali Peters bilan turmush qurdi. Ali Petersning ikki nafar farzandiga otalik qiladi.

Diniy eʼtiqodi Larriy King Peters bilan suhbat davomida undan soʻraydi: Ortiqcha tabu holatlariga qanday qaraysiz?. Peters javob beradi: Men din haqida gapirmayman, chunki odamlar din haqida mendan boshqacha tushunchaga ega deb oʻylayman, ayniqsa hozirgi kunda. Men eʼtiqodchidan koʻra koʻproq fan odamiman. Men eʼtiqodlardan koʻra koʻproq faktlarga qiziqaman. Peters — ateist.

Filmografiyasi YilNomiRolIzoh1994BoozecanSnake's Friend2000Tiger Claws IIIDet. Elliot2004My Baby's DaddyObstetrician2006Quarter Life CrisisDilip KumarRussell Peters: Two Concerts, One TicketHimselfVideo documentary2007The TakeDr. SharmaLet's All Hate TorontoHimselfDocumentaryHecklerHimselfDocumentary2008Senior Skip DayUncle ToddVideo2010The Con ArtistPogue2011Source CodeMax DenoffThe Legend of Awesomest MaximusPerviusBreakawaySonu SinghWalter & Tandoori's ChristmasTandooriVoice; English versionNew Year's EveChef SunilBobby Khan's Ticket to HollywoodJack the Store Manager2012Girl in ProgressEmileYak: The Giant KingZorkVoice; English version2013My Date with HughHimselfDocumentaryTBS Who Gets the Last Laugh: Baby GoatsHimselfVideo Short2014Oshpaz yoʻlga chiqdiMiami CopRibbitDeepakVoice; English versionMeet the PatelsHimselfDocumentaryWings: Sky Force Heroes - Bringing the Characters to LifeHimselfVideo ShortDeliveryHimselfDocumentaryLennon or McCartneyHimselfDocumentary ShortWings: Sky Force HeroesJumbo/Boss ManVoice2015Being CanadianHimselfDocumentary2016Fifty Shades of BlackDean JordanThe Jungle BookRocky the Indian RhinocerosVoice2017The ClapperStillermanRippedHarrisAdventures in Public SchoolMr. Germaine2018SuperconKeith Mahar2020The Opening ActRandy2021Clifford the Big Red DogMalik2023Outlaw Johnny BlackBig ChiefDrop the NeedleHimselfDocumentaryTaking Back the GrooveN/ADocumentary short Executive producerStreet JusticeHasidicPre-productionDon't SuckHimselfCollateral DataLuqmanWingmanKazzim

Manbalar

Havolalar

Russell Petersning YouTubedagi rasmiy kanali Russell Torontoning dastlabki elchisi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Komiklar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Prodyuserlar Turkum:Kanadalik aktyorlar Turkum:Ateistlar